Tezkesar po’latlar tarkibida 19% gacha volfram, 4 - 5 % gacha xrom va 2-3% gacha vanadiy buladi (8-jadval).
Eng ko’p ishlatiladigan tezkesar po’latlarning, ya`ni R18 va R9 markali po’latlarning kimyoviy tarkibi quyida keltirilgan.
jadval-8
Po’lat markasi
|
Kimyoviy tarkibi, % xisobida
|
S
|
W
|
V
|
Cr
|
R18
|
0,70 – 0,80
|
15,5 – 19,0
|
1,0 – 1,4
|
3,8 – 4,4
|
R19
|
0,85 – 0,95
|
8,5 – 10,0
|
2,0 – 2,6
|
3,8 – 4,4
|
R18 va R9 markali po’latlar uzining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi va kesish xususiyatlari yuqori bo’lganligi uchun kesish tezligini uglerodli asbobsozlik po’latlarga nisbatan 2-3 barobar oshirishga imkon beradi. Tezkesar po’lat toblanib, sungra bushatilgandan keyin uning qattiqligi Rokvell bo’yicha 62-65 HRC ga etadi.
jadval-9
Tezkesar po’lat
|
Normal issiqbardosh
|
R9, R12, R18, R6M5
|
R-vol’fram; M-molibden; raqamlar metalning foiz xisobidagi miqdorini kursatadi
|
YUqori issiqlikga chidamli
|
R9K5, R9K10, R18F2, R14F4, R12F3, R9F5, R10F5K5, R18F2K5,R9M4K8F2 R8M3K6S, R9M4K8,
|
K – kobalpt 10 raqamli po’latda 1% ga yaqin uglerod borligini kursatadi.
|
Kukunli
|
R9P, R18P, R6M5P, R6M5K5P
|
P – kukun material
|
Kamvolp- framli
|
11m5f,11rzamzf2, 15m5x5f5s
|
Tajriba asosida yaratgan materiallar
|
R18 markali po’lat kichik kesish tezligida yuqori va doimiy yeyilish chidamliliga ega. Bundan tashqari R18 yaxshi jilvirlanadi, shuning uchun murakkab shakldagi kesuvchi asboblarni (sidirgichlar, tish kesuvchi dolbyaklar va frezalar, shakldor keskichlar va boshqalar) tayyorlash uchun qo’llanilishi mumkin.
R18 va R9 markali po’latlar, qattiqligi 250-260 HRC gacha va chegaraviy mustaxkamligi sv 850-900 MN/m gacha bo’lgan po’latlarga va cho’yanlarga ishlov berish uchun hamma kurinishdagi kesuvchi asboblarni tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Tezkesar po’latning kesuvchi va texnologik xususiyatlarini, kobalt (So), molibden (Mo) bilan kushimcha legirlab hamda vanadiy miqdorini orttirish bilan yaxshilash mumkin.
Kobalt bilan legirlangan po’lat (R18F2K5, R9K5, R9K10, R10FK5) yuqori issiqbardoshlikga ega buladi va issiqga chidamli austenit po’latlarga va yuqori mustaxkamlikdagi yaxshilangan po’latlarga ishlov berish uchun tavsiya etiladi.
Po’lat tarkibida vanadiyning ortirishi bilan (R18F2, R14F4, R9F5) yuqori mustaxkamlikdagi (sv≥950-1000 MN/m2) asbobsozlik po’latlari bilan yaxshilangan po’latlarga toza ishlov berish mumkin.
Molibden bilan legirlangan po’lat (1,0- 1,5% Mo) katta kesish tezligida qiyin ishlov beriladigan qotishmalarni uzlukli ishlov berish jarayonida qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Asbobsozlik po’latlarining xususiyatlarini yaxshilash uchun kesuvchi asbobning turg’unligini 1,5 - 2 marta oshirish maqsadida termokimyoviy usul qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |