Ishlab chiqarish sharoitida va ilmiy tadqiqotlarda o‘zgarmas tok zanjirida 10–7 dan 106A gacha tokni, 10 –7dan 108 V gacha kuchlanishni o‘lchash zarurati tug‘iladi.
Galvanometr yordamida qayd etilishi mumkin bo‘lgan eng kichik tok 10–11 A bo‘lib, undan kichigi esa bilvosita usullar yordamida (namuna qarshilikdagi kuchlanish pasayishi yoki kondensator zaryadi bo‘yicha) o‘lchanadi. 0,1 A dan 10 A gacha o‘zgarmas tokni o‘lchashda elektrodinamik ampermetrlarni qo‘llash mumkin. Quvvat iste’molining kattaligi va sezgirligining pastligi bu asboblarning imkoniyatlarini chegaralaydi. 10 A dan 100 A gacha o‘zgarmas tokni o‘lchashda yuqori o‘lchash chegarasi shuntlar yordamida kengaytirilgan ampermetrlar qo‘llaniladi.
Qarshilik elektrotexnik qurilmalarning eng ko‘p o‘lchanadigan parametrlaridan biri bo‘lib, 10–8 dan 1018Om gacha o‘lchanadi. Bu diapazon shartli ravishda uchta oraliqqa ajratiladi: kichik (1 Om gacha), o‘rta (1 Om dan 106 Om gacha) va katta (106Om dan katta) qarshiliklar.
Qarshiliklar bevosita usulda ommetrlar yordamida o‘lchanadi.
Rasmdagi sxemalardan ko‘rinib turibdiki, magnitoelektrik ampermetr pA qarshilik Rx bilan ketma-ket (a) yoki parallel (b sxemada) ulanishi mumkin. O‘lchash diapazoni keng bo‘lganligi uchun a sxema ko‘proq qo‘llaniladi.
Analog signallar (axborot parametrlari berilgan diapazon ichida har
qanday miqdorni qabul qilishi mumkin);
Diskret signallar (axborot parametrlari faqatgina berilgan aniq
diskret miqdorlarni qabul qilishi mumkin);
Uzluksiz signallar (axborot parametrlari har vaqtda o‘zgarishi mumkin);
Uzlukli signallar (axborot parametrlari vaqtning diskret
onlaridagina boshqa miqdorni qabul qilishi mumkin);
EHM yordamida avtomatlashtiriladigan tizimlarda uchraydigan
signallarning tipik formalariga ba’zi misollar quyida keltirilgan: