Ўзбекистон республикаси



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/3
tarix15.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#119551
1   2   3
axror2

Analog
: chastota.
1-rasm. Analog signal- analogli, uzluksiz, axborot parametri:
amplituda.







2.-rasm. CHastota-analogli signal - analogli, uzluksiz, axborot parametri: chastota

3-rasm. CHaqirilgan signal- analogli, uzlukli, axborot parmetri:- to‘rtburchakli impulslar balandligi-amplituda.
4 .3-3
4-rasm. Impulsli signal- analogli, uzlukli, axborot parametri:-to‘rtburchakli impuls fazasining holati.
m . Ikkilik signal-diskret, uzlukli, axborot parametri:-ikkita belgi 0 va 1.
Zanjirlar taxlillari.
Har qanday elektr zanjiri o‘zaro simlar bilan biriktirilgan, bitta yoki bir nechta elektr energiyasi manbalaridan va iste’molchilaridai iborat buladi. Elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilmalar, elektr zanjirining elementlari deb ataladi. Zanjirning elektr energiyasi hosil qiluvchi elementlari- manbalari, uni iste’mol qiluvchi elementlar, iste’molchilar deb ataladi. Uzatuvchi elementlar - zvenolar manba va iste’molchilarni o‘zaro bog‘lab turadi. Ularga simlardan tashqari, o‘lchash qurilmalari, o‘zgartirgich qurilmalar (transformator, to‘g‘rilagich va h.k.) kiradi. Zanjir ulanganda berk kontur hosil bo‘ladi va tok o‘ta boshlaydi.
1–rasmda o‘zgarmas tok zanjirining sxemasi ko‘rsatilgan.

1–rasm.
Zanjirning manba joylashgan qismi, ichki uchastkasi deyilib, iste’molchilar, bog‘lovchi simlar, yordamchi apparatlar birgalikda tashqi uchastkani tashkil etadi. Manbaning tashqi zanjirga ulanuvchi a va b qismalari (qutblari) zanjirning chiqish qismalari (qutblari) deyiladi. Tashqi zanjirning manba bilan bog‘lanuvchi s va d qismalari (qutblari) kirish qismalari (qutblari) deb ataladi. Zanjirning ikki qutbga ega qismi ikki qutblik deyiladi.


Ikki qutblik tarkibida manba mavjud bo‘lsa, aktiv ikki qutblik, yo‘q bo‘lsa, passiv ikki qutblik deb ataladi. Zanjirning bir xil tok o‘tayotgan uchastkasi, ketma-ket bog‘lanishli uchastka deyiladi. Bir qancha uchastkalardan o‘tuvchi tokning har qanday berk yo‘li kontur deb ataladi. Bir-biridan birorta tarmoq bilan farqlanuvchi konturlar, mustaqil konturlar deb ataladi. Agar zanjirning barcha tarmoqlari ikki tugunga bog‘langan bo‘lsa, bunday bog‘lanish parallel bog‘lanish deyiladi. Zanjirning parallel bog‘langan uchastkasi bir xil kuchlanish ostida bo‘ladi. Elektr zanjirlarining umumiy tahlili uchun tok va kuchlanishlarning shartli musbat yo‘nalishlari belgilab olinishi kerak. Agar aniqlanayotgan kattalik musbat bo‘lsa, zanjirda ko‘rsatilgan yo‘nalish haqiqiy yo‘nalish bilan bir xil bo‘ladi, agar manfiy bo‘lsa, haqiqiy yo‘nalishga qarama - qarshi bo‘ladi. Elektr energiyasi manbasi uchun kuchlanishning musbat yo‘nalishi manbadagi tok yo‘nalishiga qarama- qarshi bo‘ladi.
Uchta asosiy topologik element:
1) SHoxcha
2) Tugun
3) Kontur
1. SHoxcha deb elektr zanjirining bitta (yagona) tok oqib o‘tadigan qismiga aytiladi.
SHoxchalarni farqlash uchun ular odatda nomerlanadi: birinchi, ikkinchi va h.k.
2. Tugun deb kamida uchta shoxchaning ulanish nuqtasiga aytiladi.
Tugunlar odatda harflar bilan nomlanadi: a-tugun, v-tugun va hokazolar.
3. Kontur deb zanjir shoxchalaridan o‘tkazilgan berk yo‘lga aytiladi, konturga kirgan har bir shoxcha faqat bir marta ishlatilishi zarur, konturlar odatda bosh harflar bilan nomlanadi: A-kontur, V-kontur va h.k.



  1. Tok manbalari va batareyalar.



Ta’minlash manbalari elektr energiyasi sarfi xisobiga ishlaydigan jihozlarning uzluksiz faoliyati uchun zarur bo‘lgan kurilmalardandir. Zamonaviy murakkablik darajasidagi xar qanday qurilma ham o‘zining energiya bilan ta’minlash manbaiga egadir.
Elektr toki manbai o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘ladi. O‘zgaruvchan elektr tokini xosil qilish elektrostansiyalarda amalga oshiriladi. Biz o‘zgaruvchan elektr tarmog‘i yordamida ishlaydigan ta’minlash manbalarini keyinroq. o‘rganamiz.
Umumiy fizika va kimyo kurslarida akkumulyator va batareyalarning tarkibi va boshqa xususiyatlari keng yoritilgan.
O‘tkazgichga ulangan lampochka uzoqroq vaqt yonib turishi uchun muntazam elektr tokini hosil qilib turuvchi manba - tok manbai bo‘lishi zarur.
Tok manbaida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratish ishi bajariladi. Ajratilgan qarama-qarshi ishorali zaryadli zarralar tok manbaining qutblarida to‘planadi va elektr maydonni hosil qiladi.
Elektr toki manbalari xilma-xildir. Hozircha biz o‘zgarmas tok manbalari bilan tanishamiz.
Zaryadli zarralarning o‘zgarmas me’yordagi oqimi o‘zgarmas tok deb ataladi. O‘zgarmas tok manbai deb, musbat va manfiy qutbga ega bo‘lgan va o‘zgarmas tokni hosil qiladigan manbaga aytiladi.
CHo‘ntak fonari, ko‘chma radio, magnitofon va boshqa elektr asboblari uchun elektr manbayi sifatida galvanik elementlardan foydalaniladi.
Galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
Hozirgi paytda turli-tuman galvanik elementlar mavjud (1- rasm).
Galvanik elementlar quvvatini oshirish uchun ko‘p hollarda ular bir-biri bilan ketma-ket ulanadi. Bunday ketma-ket ulangan elementlar batareya deyiladi. SHuning uchun galvanik elementlarni batareya deb atashga odatlanganmiz. Ko‘chma radio, televizor pulti kabilarga galvanik element- batareya qo‘yiladi.

1- rasm.
«Akkumulator» so‘zi lotinchadan «to‘plovchi» degan ma’noni anglatadi. Barcha turdagi galvanik elementlarning ishlashi davomida elektrodlar va eritma sarflanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, ularda kimyoviy reaksiyaning kuchi tugaydi va ishdan chiqqan galvanik element tashlab yuboriladi.
Akkumulatorda ham galvanik element kabi kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Lekin akkumulatorda kimyoviy reaksiyaning kuchi tugasa ham, u tashlab yuborilmaydi. Boshqa tok manbayi-elektr tarmog‘idan maxsus asboblar yordamida zaryadlanadi. Bu bilan akkumulator yo’qotgan energiyasini tiklaydi. Akkumulatorni zaryadlash uchun u orqali tok o‘tkaziladi. Buning uchun uning musbat qutbi boshqa tok manbayining musbat qutbiga, manfiy qutbi esa boshqa manbaning manfiy qutbiga ulanadi. Akkumulator zaryadlangach, undan tok manbai sifatida yana foydalanish mumkin.


4.Izolyatorlar va o‘tkazgichlar fizikasi.


Elektrni o‘zidan o‘tkazuvchi moddalar elektr o‘tkazgichlar deb ataladi.
Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari hamda er, beton,
ko‘mir va boshqalar elektr o‘tkazgichlardir. Odam tanasi ham elektrni o‘tkazadi.
O‘zidan elektrni o‘tkazmaydigan moddalar dielektriklar deb ataladi.
Dielektriklardan tayyorlangan buyumlar esa izolatorlar deyiladi.
«Dielektrik» yunoncha so‘z bo‘lib, «o‘tkazmas» degan ma’noni bildiradi.
«Izolyator» esa lotincha «izolaro» so‘zidan olingan bo‘lib, «yakkalangan» degan ma’noni anglatadi. Dielektriklarga barcha turdagi shishalar, plastmassalar, rezina, kauchuk, sopol, havo kiradi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin