Thesis · December 022 citations reads 1,592 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 106,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü106,87 Kb.
#135534
1   2   3   4   5   6   7
16.Respublika.sheva-toplam (1)

Kalit so‘zlar:
sheva, lahja, qipchoq, tasnif, fonetik xususiyatlar, leksik 
xususiyatlar, morfemik xususiyatlar, singarmonizm. 


216 
Annotation
. This article provides detailed information about the 
peculiarities of Khorezm kipchak dialects of the Uzbek language. For instance, 
the phonetic, lexical and grammatical features of lexis in the under research 
dialect are highlighted basing on the examples. The given examples are 
compared with the options in other dialects.
Key words: 
dialect, dialect, kipchak, classification, phonetic features, 
lexical features, morphemic features, singormonism. 
 
Til xususiyatlariga ko‘ra o‘zbek tilining 
qipchoq lahjasiga mansub kishilar 
asosan Xorazm viloyatining Gurlan, Yangibozor, shuningdek, Shovot va Bog‘ot 
tumanlarining ayrim qishloqlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, 
Amudaryo, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot va qisman Shumanay tumani, Nukus tuma
nining 
Nazarxon qishloqlarida yashaydilar. Mazkur shevalar ayrim lingvistik belgilariga 
ko‘ra bir
-
biridan ma’lum darajada farqlanadi. Shu sababli tadqiqotchilar ularni 
Beruniy-
Mang‘it, Xo‘jayli
-
Qipchoq va Qo‘ng‘irot shevalari deb tasnif qiladilar. 
(Ishayev, 1977:5). Ushbu tasnifda Xorazm viloyati hududida joylashgan Gurlan-
Yangibozor shevalari, shuningdek, boshqa tumanlardagi sheva vakillari 
e’tibordan chetda qolgan. Tadqiqotchi A.Ishayev bu shevalarning to‘liq tasnifini 
boshqa bir ishimizda mufassal yorit
amiz, deb qayd qilgan bo‘lsa ham negadir 
hech qayerda nashr qilinmadi. (Ishayev, 1977:5). 
Mazkur tadqiqot Xorazm viloyatidagi qipchoq shevalari bo‘yicha olib 
borgan kuzatishlarimiz natijasi bo‘lib, masalaning mukammal yechimiga da’vo 
qilmaydi.
Prof. F. Abdullayev Xorazm shevalarini atroflicha tekshirgan, uni butun 
borlig‘icha dunyoga tanitgan, bu shevalar bo‘yicha ajoyib nazariy fikrlarni 
bildirgan, Xorazm shevalarining ancha mukammal lug‘atini birinchi bo‘lib 
yaratgan mashhur shevashunos olimdir. Ammo v
aqt o‘tishi bilan, hamma 
sohalarda bo‘lgani kabi, shevalarda ham har xil sabablarga ko‘ra o‘zgarishlar 
sodir bo‘ladi.
Bunda ayniqsa, maktab-
maorif, jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, 
ilm-
fanning rivoji, ommaviy axborot vositalarining ta’sirini alohida ta’kidlash 
kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Xorazmda domla F. Abdullayev faoliyat 
ko‘rsatgan davrdagidan viloyatning hududi ancha o‘zgardi. Bir paytlar Xorazm 
viloyati tarkibida bo‘lgan Amudaryo tumani keyinchalik Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi tarki
biga o‘tkazildi. Bunday o‘zgarishlarning hammasi endilikda 
Xorazm qipchoq shevalarining tasnifiga hamda bu hududda yashovchi aholining 
tiliga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy edi. 
Biz tadqiqotimiz obyektiga Xorazm viloyatining Gurlan va Yangibozor 
tumanlarini kiritdik. Xorazmning shimolida joylashgan Gurlan tumanining 


217 
Amudaryo tumani bilan chegaradosh bo‘lgan qishloqlarida, aniqrog‘i, 
Do‘simbiyda j
-lashishning elementlariga duch kelinadi.
Bir paytlar Shimoliy Xorazm aholisi, hatto O‘rta Xorazm, jumlada
n, Gurlan 
tumanidagi o‘zbeklar ham j
-
lashgan shevada gaplashganlar. O‘rta Xorazm 
shevalari o‘g‘uzlar ta’sirida j
-
lashishni yo‘qotib, y
-
lashishga o‘tganlar. 
(Polivanov, 1935:42). Bunga o‘xshagan fikrni Toshhovuz viloyatidagi o‘zbek 
shevalari leksikasi bo‘yicha tadqiqot olib borgan tilshunos olim R. Yo‘ldoshev 
ham bildirgan. (Yo‘ldoshev, 1993:5
-6).
Shimoliy Xorazmdan Xiva tomon borgan sari “j”lashishning kamaya 
borishining asosiy sababi hozirgacha viloyat bilan chegaradosh tumanlarda “j” 
lovchilarning yash
ashi, qolaversa qardosh qoraqalpoq tilining ta’siri deb 
tushunish kerak. (Ishayev, 1977:12). 
Bundan tashqari, F. Abdullayev tomonidan shevashunoslikka qipchoq guruh 
shevalarining uchinchi tipi sifatida kiritilgan “ӓ” lovchi shevalardir.
F.Abdullayev bunday tip shevalarning uncha ko‘p emasligini, ularning, 
asosan, Gurlan tumanidagi Shang‘i, Qang‘li qishloqlarida, shuningdek, Urganch 
tumanidagi Qipchoq qishlog‘ining arablar yashaydigan joyida, Shovot 
tumanining Monoq, Bog‘otning Nayman, Qo‘shko‘pirning Qatag‘on, 
Xazoraspning Qang‘li (Pitnak) qishloqlarida yashashlarini, ushbu sheva uchun 
xarakterli xususiyat 

bu so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi e o‘rniga ӓ
tovushining 
doimiy ishlatilishi ekanligini (k
ӓ
l-kel, tamir-
temir) ta’kidlaydi. (Abdul
layev 
1961:265-
266). Ko‘rinib turganidek, a
-lashgan shevalar Shimoliy Xorazmda ham 
mavjud ekan. Bulardan tashqari bu tip sheva vakillari Yangibozor tumanining 
O‘yrot ovulida ham istiqomat qiladi. 
Demak biz tadqiq qilayotgan sheva vakillari y-lovchi shevalarga mansub 
bo‘lib, uchinchi tip shevalarga xos bo‘lgan ӓ
-
lashish , shuningdek ayrim so‘zlarda 
“j”
-
lovchi shevalarga xos bo‘lgan diftonglashish hodisasini ba’zi so‘zlarda 
saqlagan qipchoq lahjasi shevalari hisoblanadi.
E.D.Polivanov Xorazm qipchoq shevalaridagi [dj]lashishning mavjudligi, 
so‘z boshida [x] undoshining saqlanmaslik belgilariga ko‘ra “qozoqlashgan” 
shevalar deb ataydi. (Polivanov, 1934:5). Haqiqatan ham, Xorazm qipchoq 
shevalari o‘ziga xos bir qator lingvistik xususiyatlari bilan qozoq tilid
an tubdan 
farq qiladi. Ayniqsa, o‘zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlari aralash yashagan 
joylarda bu holat yaqqol seziladi. Qiyos qiling: shevada 

Yüklə 106,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin