Thesis · December 022 citations reads 1,592 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 106,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.11.2023
ölçüsü106,87 Kb.
#135534
1   2   3   4   5   6   7
16.Respublika.sheva-toplam (1)

Yumirtov, yilanli 
kabi. 
Gurlan, Yangibozor, shuningdek, Amudaryo tumaning Qilichboy, Halimbek 
kabi aholi punktlari va qishloqlarida “qozoqlashish” xususiyati umuman yo‘q. Bu 
dalilni sheva materiallari ham tasdiqlaydi. Qiyos qiling: shevada 
Yumirtov, 
Yilanchi, Xitoy, Xo‘jaqal’a, X
alimbek, Charvaq
kabi joylari. 


218 
Bu muammoga shevashunos A.Ishayev haqli ravishda e’tiroz bildirgan edi. 
Mahalliy qozoqlar tilida 
Djumurtov, Djilanli, Qitay, Qojaqal’a, Qalembek, 
Sharvak
shaklida qo‘llanadi. Ya’ni so‘z boshidagi y//dj, x//q, ch//sh undoshlar

mosligini kuzatish mumkin.
Shuni qayd qilish kerakki, Xorazm qipchoq shevalarida singarmonizm 
saqlangan, shu sababli unlilar til oldi va til orqa (yumshoq, qattiq) variantlariga 
ega. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, bir paytlar Shimoliy Xorazm aholisi ba’zi
o‘rta 
xorazm o‘zbeklari j
-
lovchi shevada gaplashgan. Ammo ular o‘g‘uzlar ta’sirida j
-
lashish xususiyatini yo‘qotib y
-
lashishga o‘tgan. Shunga yaqin fikrni 
R.Yo‘ldoshev ham qayd qilgan edi. (Yo‘ldoshev, 1993:5
-6).
F.Abdullayevning fikricha, Xorazm qipchoq shevalarining uchinchi tipi 
sifatida “a”
-lovchi shevalar ham qayd etiladi. Bunday shevalar aholi soniga 
unchalik ko‘p bo‘lmay, Shang‘i, Qang‘li (Gurlan), Qipchoq (Urganch), Nayman 
(Bog‘ot), Monoq (Shovot), Qatag‘on (Qo‘shko‘pir), Qang‘li (Pitnak), O‘yro

(Yangibozor) 
qishloqlarida 
yashaydilar. 
Mazkur 
tip 
sheva 
tilining 
xususiyatlaridan biri so‘zning birinchi bo‘g‘inida (e) o‘rnida (a) tovushining 
muntazam ishlatilishidir: 
k
ӓ


 kel, tamir 

 temir 
kabi.
Ayrim holatlarda shevada tarixiy etimologik [y] tovushi saqlangan: 
yil- jil, 
yuzum, yilon/jilon
kabi. Shuningdek, so‘z o‘rtasida [y] tovushining orttirilishi 
kuzatiladi. Masalan: 
Miybozor, Biyvatan, biychora, diyvana, biybi
va boshqalar.
So‘z boshida 
r, l
tovushlari uchramaydi. So‘z boshida r, l tovushi bor so‘zlar 
albatta oldida protetik unli paydo bo‘ladi. 
O‘rozboy
(Ro‘ziboy), 
Irajab
( Rajab), 
O‘ris
(rus), 
Ilay
(loy), 
Ilaqqa
(laqqa), Ilanpachi (Lanpachi) va boshqalar.
O‘rganilayotgan shevada ayrim leksikologik o‘ziga xosliklar ham mavjud. 
Jumladan, men, sen, u, shu olmoshlari jo‘nalish kelishigi (
-a) bilan turlanganda 
boshqa turkiy tillardan farqlanadi: men+ga (mo
ң
a), senga (so
ң
a), unga (vu
ң
a), 
shunga (shu
ң
a) Qiyos qiling: qoz. 
sog‘an,
qoraqalpoq. 
sog‘an,
no‘g‘ay. 
sog‘a 
kabi. So‘zlarning to
rayish shakllari ham (
minan
- bilan; 
apki
-olib kel, 
apkit
-olib 
ket) ayrim formalar, jumladan 

djaq 
(
keladjaq,bordjaq
) kabi shakllar ancha 
faoldir.
Umuman, Xorazm qipchoq shevalarida, adabiy tilda ham, boshqa turkiy 
tillarda ham deyarli o‘zgarmaydigan forma
lar mavjud. Shevada ayrim 
tilshunoslarning e’tiborini tortgan 
bag‘alar
formasining vujudga kelishidir. 
E.D.Polivanov 
bolalar 
so‘zining 
bog‘alar
shaklida talaffuz qilinishi 
dissimilatsiya hodisasining natijasi deb qaraydi: 
(-lal-
>g‘al
) (Polivanov, 
1933:17). 
F.A.Abdullayev bu holatni shunday izohlaydi: 
bolalar 
so‘zidagi o‘zakdan l 
undoshi tushganda cho‘ziqlik ham, ikki unlining qator kelishi ham qipchoq 
shevalariga xos emas. Shunga ko‘ra o‘zakdagi a

unlilari o‘rtasida bir nafas 


219 
tovushi h tovushi paydo bo‘lib, so‘ng u jaranglashgan: 
bolalar >baalar> bohalar 
> bog‘alar
bo‘lgan 
(Abdullayev, 1961:146). 
A.G‘.G‘ulomovning fikricha, 
bola 
so‘zining ko‘plik (
-
lar) qo‘shimchasini 
olgandagi 
bag‘alar 
formasi ham odatdagi kabidir, biroq farq shundaki, bu o‘rinda 
u bola s
o‘zining mongolcha formasiga qo‘shilgan ( 
bag‘alar
- bolalar)
(Polivanov, 
1935:12).
Ahmad Ishayev 
bala
so‘zining mongol, 
buryat

mongol tillarida 
baga
(bag‘a) shaklining mavjudligi va –
lar 
qo‘shimchasi ushbu shaklga qo‘shilgani 
hamda hozir 
bag‘alar 
shaklida shevada saqlanib qolganini yozadi. (Ishayev 
1977:31). 
Hozirgi davrda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilning integratsiyalashuv 
jarayoni davom etmoqda. Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi, insonlar 
orasida aloqaning turli vositalar, xususan, elektron vositalarning vujudga kelishi 
mahalliy dialektlarning yaqinlashuviga olib keldi. Biz o‘rganayotgan hududlarda 
o‘zbeklar, qoraqalpoqlar hamda turkmanlar, qozoqlar va boshqa millat vakillari 
uzoq vaqtdan beri hamkorlikda yashaydilar. Shu sababli sheva vakillari nutqida
bu jarayon aks etmoqda. Ularning tillarida qozoq, turkman, qoraqalpoq tillariga 
xos so‘zlar uchraydi. Ular turli fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanilmoqda va sheva 
vakillari talaffuziga moslashgan. Xorazmdagi turkman shevalarini barcha lisoniy 
aspektlar bo‘yicha o‘rgangan shevashunos S. Arazkuliyev turkmanlarning ig‘dir, 
dusji, go‘klan urug‘lariga o‘zbek tilining ta’siri kuchli ekanligini qayd etadi. 
...ikkinchi gruppa shevada tilning chegarasi asta - 
sekin yo‘qoli
b bormoqda, 
o‘zbek tilining shevasiga aylanmoqda. (Do‘simov, 1985:5
-17).
Xullas, o‘zbek shevalari ham asta
-
sekin o‘zining dastlabki xususiyatlarini 
ham yo‘qotib, adabiy tilga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni vaqtda shevalarning boy 
materiallarini to‘plash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.

Yüklə 106,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin