So’z bo’g’inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo’laklardan birining boshqalariga qaraganda cho’ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg’u deyiladi. Urg’u tushgan bo’g’in urg’uli bo’g’in hisoblanadi, urg’u odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: daraxtlar kurtak chiqara boshladi.
Urg’u o’z sifatiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
1) so’z urg’usi; (yoki leksik urg’u);
2) gap urg’usi (yoki logik urg’u).
So’z bo’g’inlaridan biriga tushib, uning talaffuzini va ma’nosini shakllantiradigan urg’u so’z urg’usi deyiladi. O’zbek tilida urg’u ko’pincha so’zning oxiigi bo’g’inidagi unli tovushga tushadi: bola, maktab, chiroyli, katta, talaba kabi. So’z qo’shimchalar hisobiga kengayib borgan sari urg’u ham oxirgi bo’g’inga ko’cha boradi: bola-bolalar, bolalaming kabi. Quyidagi holatlarda urg’u so’zning oxirgi bo’g’iniga tushmaydi:
1. Hamma, barcha, qancha, qanday, allakim, allanima, allaqachon, kimdir, qachondir, har kim, har qachon, har qaysi, hech nima, hech qanday, hech qaysi kabi olmoshlarda.
2. Doim, aslo, hamisha, hozir, astoydil, zo ‘rg’a, ancha, yangi kabi ravishlarda.
3. Albatta, darhaqiqat, afsuski, zero kabi modal so’zlarda.
4. Ammo, lekin, balki, hatto, garchi, toki kabi yordamchi so’zlarda.
5. Mashina, traktor, leksiya, radio kabi rus tili orqali o’zlashgan so’zlarda.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida bir qancha qo’shimchalar ham urg’u olmaydi. Ular quyidagilar:
1) —man, -san, -miz, -siz birinchi gruppa tuslovchi qo’shimchalari: ishlayman, ishlaysan, yozarman, yozarsan, talabamiz, talabasiz kabi;
2) —ta, -tacha dona va chama son yasovchi qo’shimchalari: o’nta, о’ntacha, beshta, beshtacha kabi;
3) —cha, -dek, -day ravish yasovchi qo’shimchalari: yigitcha, mardcha, mardlarcha, qahramonlarcha, oydek, o ‘qdek, gulday, suvday kabi;
4) —ma fe’lning bo’lishsiz shaklini yasovchi qo’shimchasi: borma, ketma, yugurma, gapirma kabi;
5) —и (yu), -ku, -mi, -chi, -oq (-yoq), -da, -gina, -kina, qina kabi affiks yuklamalari: теп-da, keldi-da, keldi-yu, shaharda-ku, ayt-chi? men-mi?kabi.
So’z urg’usining ahamiyati:
1) nutqda so’zlarning talaffuz me’yorini belgilab beradi;
2) shaklan teng kelib qolgan so’zlarni talaffuziga ko’ra bir- biridan farqlashga yordam beradi: yangi (sifat) — yangi (ravish) kabi;
3) teng kelib qolgan so’z shakllarini bir-biridan farqlashga yordam beradi: talabamiz (-miz shaxs-son qo’shimchasi) — Biz talabamiz kabi. Talabamiz (-miz egalik qo’shimchasi) — Bizning talabamiz kabi.
Mantiqiy urg’u.
Gap tarkibidagi biror bo’lakni boshqalariga ko’ra kuchliroq, zarb bilan aytish orqali ajratib ko’rsatishga mantiqiy (logik) urg’u deyiladi. Mantiqiy urg’u gapning mazmunini belgilab beradi. Masalan:
1) Biz bugun muzeyga boramiz. (Bizning borishimiz haqida gap ketyapti).
2) Biz bugun muzeyga boramiz. (Boshqa kuni emas, bugun borishimiz haqida gap ketyapti).
3) Biz bugun muzeyga boramiz. (Boshqa joyga emas, muzeyga borishimiz haqida gap ketyapti).
4) Biz bugun muzeyga boramiz. (Albatta borishimiz haqida gap ketyapti).
So’z bo’g’inlaridan biriga tushadigan urg’u so’z (leksik) urg’u deyiladi. Masalan: bola, lola. kitob, ishchilar, talabalar, mulkdor. So’zlarga qo’shimchalar qo’shilishi bilan urg’u ham shunga mos holda ko’chadi. Masalan: g’alla -g’allakor, paxta-paxtakor.
Ko’pgina so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inda bo’lgani uchun o’zbek tilining so’z urg’usi bog’liq urg’u sanaladi.
Shuningdek, urg’usi birinchi yoki o’rtadagi bo’g’inga tushadigan so’zlar ham o’zbek tilida anchagina bor. Bunday so’zlar quyidagi turkumlarda kuzatiladi:
ravishlarda: yangi, hozir, doim, hamisha;
olmoshlarga: hamma, barcha, nimadir, biroq, bir narsa;
modal so’zlarda; albatta, ehtimol, aftidan;
ayrim yordamchi so’zlarda; ammo, lekin, hatto, balki.
O’zbek tilida urg’u olmaydigan unsurlar ham bor. Bunda: -ku, -u, -yu, mi, chi kabi yuklamalarni ko’rsatish mumkin; sen-ku, bordim-ku, aytsam-chi, siz-chi, bor-mi.
Bulardan boshqa, o’zbek tilida bir qancha qo’shimchalar urg’u olmaydi; Masalan: -cha, day, (dek); va bo’lishsizlik qo’shimchalari -ma; kesimlik qo’shimchasidir, man, san, miz, siz. kabilar. Misollar: Shamolday uchadi.yosh_qizcha;. qamishday qomati bor; ismini bilolmadim; bu Vatanning egasi bizmiz; oltin olma, olqish ol kabi.
Gap urg’usi logik urg’u, ma’no urg’usi, mantiqiy urg’u vafrazaviy urg’u deb ham nomlanadi va sintaksisda o’rganiladi. Gapda so’zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko’rsatilgan bo’lakning kuchli ohang bilan aytilishi gap urg’usi deb ataladi.
Gap urg’usini ixtiyoriy ravishda ko’chirish mumkin: a) og’zaki nutqda kuchli ohang bilan aytilgan istalgan so’z gap urg’usini yuzaga keltiradi; b) yozma nutqda gap urg’usini olgan so’z, odatda, kesimdan oldin joylashtiriladi:
Kecha akam samolyotda Farg’onadan Toshkentga ketdi. boshqa yerga emas, Toshkentga)
Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg’onadan ketdi. (boshqa yerdan emas, Farg’onadan)
Kecha akam Farg’onadan Toshkentga samolyotda ketdi. (boshqa narsada emas, samolyotda)
Gapda mantiqiy urg’uni belgilashda ayrim holatlarga alohida e’tibor berishimiz kerak. M: Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo’ladi.Bunda ega mantiqiy urg’u olgan, ya’ni eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilgan. Yoki: Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi. (ajratilgan bo’laklar gapda mantiqiy urg’u oladi) Yoki: Guruhingizda kim yaxshi o’qiydi? (so’roq olmoshlari ham gapda boshqa bo’laklarga nisbatan balandroq ohang bilan aytiladi)