Dorivor va yordamchi moddalarni o‘zaro ta’siri ularni tayyorlashda va shuningdek saqlash jarayonida sodir bo‘lishi mumkin. Demak yordamchi moddalarni bilogik kirishuvchanligiga ta’sir etish mexanizmi turlicha bo‘lishi mumkin. Biologik faollikni o‘zgarishining asosiy sababi - “dorivor modda - yordamchi modda” sistemasida ingredentlar orsidagi kimyoviy ta’sir natijasida, polimerlar kompleksi, mitsell, mitsel, assotsiatlari, VMS makromalekulalari, xomosorbsillar va boshqalar hosil bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘lgan birikmalar mustahkam yoki yengil uziluvchi yuqori yuza faolligi bilan xarakterlanuvchi yoki balanslangan sistema energiyasi bilan, dorivor moddani asosiy farmokologik reaksiyasini tezlatishi yoki susatirishi mumkin.
Yordamchi modalarni dori vositasining biologik samaradorligi ko‘rsatgan ta’siri
Tuproq minerallari adsorbsiyalash xususiyatiga ega va alkaloidlar, anestetiklar, antibiotiklar va boshqa preparatlarni ajralib chiqishini to‘xtadi. Magniy trisikilati va magniy oksidi steroid gormonlarini paydo bo‘lishi (destruksiyasi)ni ta’minlaydi. Natriy sulfit, bisulfit va metasulfit, tiamin bufer eritmasiga kiruvchi (pH=3.5), taniqli antiaksidiantlar tiazolgacha parchalaydi. D vitamini qattiq dori formasida yordamchi moddalar bo‘lganida oson izomerlanadi (talk, amoniy silikati, kalsiy fosfat, limon kislotasi va boshqalar). Yordamchi moddalar dori vositalarining farmokolik faoliyatini nafaqat pasaytira oladi, balki yana katta darajada parchalanish va biokirishish bilan xarakterlanuvchi bog‘lanishlarni yaratadi (masalan, prednizolon bilan polivinilpirrolidon, salitsilamid bilan polivinilpirrolidon, salitsil kislotali sorbit, mochevina bilan norsulfazol).
Yordamchi modalarni dori vositasining biologik samaradorligi ko‘rsatgan ta’siri
Dori moddalarining biologik membranalardan so‘rilish jarayonini murakkab retseptor mexanizmi, ya’ni diffuziya qonuniga asoslangan Fik qonuniga to‘g‘ri keluvchi rezorbsiya deb qabul qilish lozim. Rezorbsiyaning ketma-ketligi va tezligi turli xil omillar bilan aniqlanadi: dori preparatlarini ovqatgacha yoki ovqatdan keyin qabul qilinuvchi vaqti, ovqat turi, ichilayotgan suyuqlikning miqdori va xarakteri, kunning qaysi vaqti, shilliq suyuqlikning fiziologik holati, dori vositalarning kimyoviy va fizik-kimyoviy xarakteristikasi va boshqalar. Tanlangan rezorbsiya fenomeni professor A.I.Tensova ilmiy tadqiqotlarida batafsil ochib berilgan bo‘lib, unda kalsiy xloridning so‘rilish tezligiga korregirlovchi moddalar ta’siri o‘rganilgan.
Ayrim vaqtlarda ma’lum bir kompozitsion tarkibda yordamchi moddalar biofaol moddalarga, biofaol ingridientlar - yordamchi moddalarga aylanadi.