Sinonimi.
Namuna
: Iroda
faqatgina
arzimas narsalarga, faqatgina
qandaydir
ma’nosiz
narsalarga osilib oladigan bo‘lsa, u qaysarlikka aylanib qoladi (T.Malik).
1.
faqatgina, -dir
2.
faqatgina ayiruv va ta’kid yuklamasi, -dir gumon yuklamasi.
3.
so‘z va qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar.
4.
so‘z – yuklama ayrim yoziladi, qo‘shimcha shaklidagi yuklama qo‘shib
yoziladi.
5.
faqatgina – yolg‘iz, qandaydir – allaqanday.
18-DARS: ALOHIDA OLINGAN SO‘ZLAR TURKUMI
MODAL SO‘ZLAR
So‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalagan so‘zlar
modal so‘zlar
hisoblanadi. Modal so‘zlar gap mazmuniga
aniqlik, shubha, gumon, maqsad, talab,
shart, mavjudlik, tasdiq, inkor, xulosa, eslatish, achinish, afsus
kabi ma’nolarni
qo‘shadi. Shunga ko‘ra ular quyidagi ma’no guruhlariga bo‘linadi:
1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘zlar.
Bunda fikrning rostligi
(darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda),
fikrning qat’iyligi
(shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz),
fikrga ishonch bildirish
(albatta, albat),
fikr aniqligini eslatish
(aslida, darvoqе)
kabi
ma’nolar ifodalanadi.
2. Fikr noaniqligini ifodalovchi modal so‘zlar
. Bunda fikrning taxminiyligi
(shеkilli, chog‘i, chamasi),
gumon
(ehtimol, balki, har holda, har qalay
), tusmol
(hoyna-hoy, aftidan, mazmuni)
kabi ma’nolar ifodalanadi.
3. Fikr tartibi va so‘zlovchi munosabatini bildiruvchi modal so‘zlar:
birinchidan, ikkinchidan, avvalo, xullas, binobarin, masalan, jumladan, zеro, zotan
kabi.
4. Hissiy holat ma’nosini ifodalovchi modal so‘zlar:
attang, ajabo, hayriyat,
afsus, essiz
kabi.
Dostları ilə paylaş: |