Izohlovchilar, ularning turlari
Izohlovchilar shaxs yoki predmetni boshqacha nom bilan atash orqali
izohlaydi, aniqlaydi. Izohlovchilar aniqlovchilarning boshqa turlaridan farq qiladigan
alohida turidir. Izohlovchi bilan izohlanmish orasida tobelanish aloqasi emas
tenglanish aloqasi mavjud bo‘ladi. Izohlovchilar laqab, kasb, tur, jins, mashg‘ulot,
lavozim, millat kabi ma’nolarni ifodalaydi. Misol: Yo‘lchi o‘zidan nariroqda,
odamlar orasida temirchi Qoratoyni, eski do‘sti
qirg‘iz
O‘rozni ko‘rib qoldi (Oybek).
Bu erda
sotuvchi qiz
Dilbar ham,
keksa bo‘lim boshlig‘i
Sayfullo aka ham uni yaxshi
tanib qolishgandi (O‘.Hoshimov). Ertasiga
ellikboshi
Qobil
boboni
boshlab,
qaynotasi
– Egamberdi
paxtafurushning
oldiga olib bordi (A.Qahhor).
Dotsent
Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol (A.Qahhor).
Yuqorida ko‘rsatilgan so‘zlar (temirchi, qirg‘iz, sotuvchi qiz, keksa bo‘lim
boshlig‘i, ellikboshi, qaynotasi, paxtafurush, dotsent so‘zlari) izohlovchi sanalib,
kasb-hunar, lavozim, qarindoshlik, millat kabi ma’nolarni ifodalagan.
Mashq
. Berilgan misollardagi izohlovchilarni aniqlang. Ularning qanday
ma’no ifodalaganini ayting. Sifatlovchi aniqlovchilarni aniqlab, ularning aniqlanmish
bilan qanday aloqada birikkanligini tushintiring.
1. Avvalgi qahvaxonada yangi xizmatchi paydo bo‘lganini sezmadi,
to‘g‘rirog‘i durust razm solmagan ekanman (O‘.Hoshimov). 2. Dilshod ayolining
tug‘ilgan kunida katta qizil ko‘zli tilla uzukni sovg‘a qildi. 3. Uning hujrasida batrak
– Yo‘lchiboy o‘tirar edi (A.Qahhor). 4. Rohat buvi pechkaning eshigini yopdi, borib
divanga cho‘zildi (A.Qahhor). 5. Sobir boqqol ohangdor-mayin ovoz bilan meni
erkalab qo‘yadi (Oybek). 6. Xon atlas ko‘ylagi baland bo‘yiga yarashgan, ikki o‘rim
to‘sdek qora, qalin sochi beligacha tushib turgan, oyog‘iga o‘rta poshnali tufli kiygan
qizni ko‘rgan Obidjon haykalday qotib qoldi. 7. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofotining laureti, professor Zarifa Saidnosirova
uyda Oybekning shaxsiy kotibasi va xonadon sohibasi edi (S. Ahmad).
107
Mashq.
Berilgan misollardagi izohlovchilarni va qaratqich aniqlovchilarni
aniqlang. Ularning qaralmish va izohlanmish bilan qanday aloqaga kirishganini
ayting.
1. Ustoz yozuvchilarimizdan G‘ofur G‘ulomning, Abdulla Qahhorning,
Shayxzodaning shogirdlari ko‘p bo‘lardi (S.Ahmad). 2. Shu tobda men ana shu
allomalar, adibu udabolar davrasida o‘tirgandekman (S.Ahmad). 3. Dadam
Toshmuhammad baland bo‘yli, sariqdan kelgan, soqol-muylovli qora, usti boshi
qo‘polgina kishi (Oybek). 4. Bu erda miskar Zokir ota, taqachi Obid aka, qassob
Mavlon akalar yashar edi. 5. Ayasi uni bag‘riga bosgan edi, boshi Sherzodning
elkasiga ham etmadi. Uning ro‘moli elkasidan sirg‘anib tushdi. Shunda Sherzod
ayasining sochlarida oq ko‘payib ketganini sezdi (O‘.Hoshimov).
Mashq.
Quyida keltirilgan misollarda birdan ortiq izohlovchilar ishtirok etgan
gaplarni ajratib, ularning ma’nosini tushuntiring.
1. Vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan Mohlar oyim Farg‘ona xoni shoir Amir
Umarxonning umr yo‘ldoshi, benazir maslahatchi, sha’riyat osmonida chaqnagan
yulduz Nodirabegim edi (S. Ahmad). 2. Ular orasida G‘ofur akaning supurgichi
o‘rtog‘i Hoji aka, «chechachi tog‘a» laqabli chol, ulardan keyn xalq hofizlaridan
Jo‘raxon Cultonov va Ma’murjon Uzoqovlar kirib kelishdi. (S.Ahmad). 3. U doimo:
«Ibn Sino faqat tabib emas, tarixchi, tabiatshunos, kattakon shoir, hatto jahonda
birinchi bo‘lib notani ijod etgan zo‘r bastakor» derdi (S.Ahmad). 3. Saroymulkxonim
bobomiz sohibqiron Amir Temurning sodiq rafiqasi, dono kengashchisi, tayanchi,
buyuk Turonning go‘zal malikasi Bibixonim edi (S.Ahmad).
Aniqlovchilar ham boshqa gap bo‘laklari kabi birikmali qo‘llanadi.
Misol: 1. Ota-bobolarimizdan o‘tib kelgan asriy udumlarni abadiy saqlaylik. 2.
Yashil palak yopingan ishkomlar quyosh taptini ho‘plab erga olov purkardi (Oybek).
Klubni, uning quyoshda toblanggan tunuka tomini uzoqdan ko‘rdim. (O.Yoqubov).
Keltirilgan misollarning birinchisida birikmali sifatlovchi to‘ldiruvchi (ota-
bobolarimizdan) va sifatdosh, «kesim» (o‘tib kelgan)dan tashkil topgan, ikkinchi
misol sifatlovchi (yashil)+ to‘ldiruvchi (palak) + sifatdosh «kesim» (yopingan)
shaklida tuzilgan. So‘nggi misolda birikmali aniqlovchi vositali to‘ldiruvchi
(quyoshda) sifatdosh «kesim» (toblangan) tarzida ifodlangan.
Mashq.
Misollardan birikmali aniqlovchilar ishtirok etgan gaplarni ajrating.
Otli so‘z birikmalarini belgilang.
1. Kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. (O.Yoqubov). 2.
Bu baxt, bu yoshlik oldida uning yuragini qimtiyotgan g‘am o‘tkinchi bir narsa,
halizamon undan qutiladi; zavqli, ilhom va iqbolga to‘la sahiy hayot uni o‘z
quchog‘iga oladi. (O‘.Umarbekov) 3. Kapitan u bilan xayrlashdi-da, sekretarni
chaqirdi. (O‘.Umarbekov). 4. Tilga e’tibor - elga e’tibor. 5. Dilda borini tilda bayon
eta bilish katta san’atdir. 6. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan odam olimdir. 7. Kitobning
shavq bilan o‘qilishi uning latofatlaridan biridir. (A.Qahhor). 8. Kitobni badiiy qilib,
mahorat bilan yozish ijodiy jasorat ko‘rsatish demakdir. (A.Qahhor). 9. Ilmiy
saviyasini muttasil oshirib bormaydigan o‘qituvchi qarovsiz qolgan daraxtga
o‘xshaydi.
|