Tillar va adabiyot kafedrasi


To‘ldiruvchi, uning ifodalanishi va turlari



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

To‘ldiruvchi, uning ifodalanishi va turlari 
To‘ldiruvchi
fe’l kesim bilan boshqaruv yo‘lida birikadigan, harakat ob’ektini 
ko‘rsatadigan ikkinchi darajali bo‘lakdir. Misol: Do‘stimdan ko‘p kitoblarni so‘rab 
oldim. Bu misolda 
do‘stimdan
so‘zi 
so‘rab oldim
fe’l kesimi bilan boshqaruv yo‘lida 
sintaktik munosabatga kirishgan. 
Kitoblarni
so‘zi ham fe’l kesim bilan boshqaruv 
usulida birikkan va ular fe’l kesim orqali ifodalangan harakatning ob’ektini 
ko‘rsatgan. 
To‘ldiruvchilar tushum, o‘rin-payt, chiqish va jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar, 
shuningdek 
bilan, uchun
kabi ayrim ko‘makchilar bilan birga kelgan so‘zlar orqali 
ifodalanadi. Misol: Yaxshi 
xabarni
eshitdik. 
Sizdan
ko‘p minnatdormiz. 
Bizga
yaxshi 
maslahatlar berdingiz. 
O‘quvchilarga
yangi kitoblar tarqatildi.
Xalqimizda
juda 
yaxshi urf-odatlar bor. Talabalar yangi 
ko‘rsatmalar
bilan
tanishtirildi. 
To‘ldiruvchilarning ifodalanishi
. To‘ldiruvchilar ot, olmosh, sifat, son, 
ravish, sifatdosh, harakat nomi, taqlidiy so‘zlar va modal so‘zlar bilan ifodalanadi. 
Misollar: 1. Biz rostgo‘ylikni, halollikni, mehnatsevarlikni ardoqlaymiz. 
1.
O‘nni kessang, mingni ek. (maqol). 
2.
Yaxshidan
ot qoladi, yomondan dod. (maqol) 
3.
Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar.
4.
Bizdan bilimdon, bizdan ko‘ra kuchli bo‘ling. 
5.
Ko‘pni ko‘rgan ko‘pni bilar. 
6.
Ko‘chaning g‘ovur-g‘uvuriga quloq soldik. 
7.
Dilda borini gapirdik. 
Mashq.
Matndagi to‘ldiruvchilarni aniqlang Ularning kesim bilan qanday 
sintaktik aloqaga kirishganini ayting. 
Tabiat oq yopinchig‘ini tashlar-tashlamas, kurtaklar ko‘z uqalay boshladi. 
Bahor mayin ellari bilan kirib keldi. U qish bo‘yi qaydadir dimiqib, yuragi siqilib 
yotgan-u, mana endi o‘z mayliga qo‘ymaganidan xursanddek keng dalalarda 
yayraydi, bog‘-rog‘larda quvnaydi, goh qizlarning durralarini tortqilab o‘ynaydi, goh 
yuzlarini muloyim silaydi. To‘tiqiz ana shunday bahorlarning o‘n ettitasini ko‘rdi. Bu 
bahorlar uni ko‘klam chechagi kabi ochib, o‘n besh kunlik oyday to‘ldirib bordi. 
So‘nggi yillarda har yangi bahor unga yangi bezakda, yangi jozibada ko‘rinib 
yuragini nimaningdir talpintiruvchi shirin intizorligi bilan yondiradi. (M.Ismoiliy). 
Mashq.
Berilgan misollardagi to‘ldiruvchilarning qanday so‘z turkumi bilan 
ifodalangani va qaysi xil grammatik ko‘rsatkich bilan qo‘llanganini belgilab bering. 
1. Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom etadi (S.Ahmad). 2. 
Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri so‘zla (Maqol). 3. Men opamning jildidan kitobni 
olib pala-partish varaqlayman (Oybek). 4. Musulmonqul Normuhammad qushbegiga 
besh ming sipoh qo‘shib Toshkand ustiga jo‘natqan (A.Qodiriy). 5. Yoshlik! Seni 
kuylamagan kim! Ertaklaring so‘ylamagan kim! (E.Vohidov). 6. Qismati azalni 
manglayga yozib, O‘zing yana nechun qilasan so‘roq? (Cho‘lpon) 7. Zebi esa 
dutorchilar va ashulachilar bilan birga engil yallalar qilib turdilar (Cho‘lpon). 


109 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin