Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

BIR TARKIBLI GAPLAR 
Tarkibidagi bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra bir tarkibli va ikki tarkibli gaplar 
mavjud. 
Ikki tarkibli gaplarda
ega va kesim o‘ziga qarashli bo‘laklari bilan birga 
keladi, ya’ni ikki tarkib – ega tarkibi va kesim tarkibi ishtirok etadi. Masalan: 
Hovlimizdagi mevalar erta pishdi
. Bu gapdagi ega (mevalar) o‘z aniqlovchisi 
(bog‘imizdagi) bilan birga ega tarkibini, kesim (pishdi) o‘ziga qarashli payt holi 
(erta) bilan kesim tarkibini tashkil qilgan. Demak, keltirilgan misolda ham ega 
tarkibi, ham kesim tarkibi – ikki tarkibi mavjud. Shuning uchun bu xildagi gaplar ikki 
tarkibli gap hisoblanadi. 
Bu gapni sizga aytib bo‘lmaydi.
Bu misolda kesim (
aytib 
bo‘lmaydi
) o‘ziga qarashli to‘ldiruvchilar (
sizga
va 
gapni
), birinchi to‘ldiruvchi 
(
gapni
) ga qarashli bo‘lgan (
bu
) bilan birga kesim tarkibini tashkil qilgan. Gapda ega 
tarkibi ishtirok etmagan. Shunga ko‘ra bunday gaplar bir tarkibli gaplar deyiladi. 
Bir tarkibli gap
turlari
quyidagicha: shaxsi aniq gap, shaxsi noma’lum gap, 
shaxssiz gap, shaxsi umumlashgan gap, atov gap va bo‘laklarga ajralmaydigan gap. 
Shaxsi aniq gaplar
tarkibida ega qo‘llanmagan, lekin kesim orqali egani topish 
mumkin bo‘ladi: 
Ertaga universitetda uchrashamiz. (Biz ertaga universitetda 
uchrashamiz.) Yaqin kunlarda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini ziyorat 
qilgani boraman. (Men yaqin kunlarda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini 
ziyorat qilgani boraman.)
Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, har ikki gapda ega qo‘llanmagan bo‘lsa 
ham, kesimdagi tuslovchilar orqali gapning egasi 
men 
va
biz
ekanligini aniqlash 
mumkin. 


116 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin