BIR TARKIBLI GAPLAR Tarkibidagi bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra bir tarkibli va ikki tarkibli gaplar
mavjud.
Ikki tarkibli gaplarda ega va kesim o‘ziga qarashli bo‘laklari bilan birga
keladi, ya’ni ikki tarkib – ega tarkibi va kesim tarkibi ishtirok etadi. Masalan:
Hovlimizdagi mevalar erta pishdi . Bu gapdagi ega (mevalar) o‘z aniqlovchisi
(bog‘imizdagi) bilan birga ega tarkibini, kesim (pishdi) o‘ziga qarashli payt holi
(erta) bilan kesim tarkibini tashkil qilgan. Demak, keltirilgan misolda ham ega
tarkibi, ham kesim tarkibi – ikki tarkibi mavjud. Shuning uchun bu xildagi gaplar ikki
tarkibli gap hisoblanadi.
Bu gapni sizga aytib bo‘lmaydi. Bu misolda kesim (
aytib bo‘lmaydi ) o‘ziga qarashli to‘ldiruvchilar (
sizga va
gapni ), birinchi to‘ldiruvchi
(
gapni ) ga qarashli bo‘lgan (
bu ) bilan birga kesim tarkibini tashkil qilgan. Gapda ega
tarkibi ishtirok etmagan. Shunga ko‘ra bunday gaplar bir tarkibli gaplar deyiladi.
Bir tarkibli gap turlari quyidagicha: shaxsi aniq gap, shaxsi noma’lum gap,
shaxssiz gap, shaxsi umumlashgan gap, atov gap va bo‘laklarga ajralmaydigan gap.
Shaxsi aniq gaplar tarkibida ega qo‘llanmagan, lekin kesim orqali egani topish
mumkin bo‘ladi:
Ertaga universitetda uchrashamiz. (Biz ertaga universitetda uchrashamiz.) Yaqin kunlarda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini ziyorat qilgani boraman. (Men yaqin kunlarda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini ziyorat qilgani boraman.) Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, har ikki gapda ega qo‘llanmagan bo‘lsa
ham, kesimdagi tuslovchilar orqali gapning egasi
men va
biz ekanligini aniqlash
mumkin.