114
Meva bozorda sust ketadi. Tilanchilar va devonalar,
boshqa hech kim deyarli
ko‘rinmaydi. Vaqt peshindan biroz oqqan. Biz tentirab yurib, unda-bunda to‘xtab
olxo‘ri qidiramiz. Bozorda olxo‘ri ko‘p bo‘lsa ham ancha qimmatga sotishadi. Biz
esa arzonini qidiramiz. Nihoyat topamiz,
ammo dumbul, mayda. Sotuvchidan
so‘rayman:
- Narxi qancha turadi? Arzonroq bersangiz olamiz, aka.
... Savdo zo‘r bo‘ladi. Talashib, tortishib qadog‘ini bir miri kam bir tangadan,
jami o‘n ikki tangaga shaftoli sotib olamiz. G‘izillab bozordan chiqib
Balandmachitga boramiz. Nafs o‘lgur yomon, bir pasda o‘nta shaftolini eb qo‘ydik
(Oybek).
Mashq.
Berilgan misollar orasidan ravish hollari
va daraja miqdlor hollari
ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring.
1. Oldimdan katta-kichik odamlar o‘tib turadi, lekin shaftoliga kimsa boqmaydi
(Oybek). 2. O‘rtoqlarim bilan ko‘p o‘ynadik. 3. SHu voqeadan bir necha kun o‘tdi.
Lazokat xolaning xonadoniga ancha fayz kirdi (M.Qoriyev). 4. El-yurt boshida yana
qora bulutlar paydo bo‘la boshladi. Urushning sovuq shabadalari esib, sovuq xabarlar
kela boshladi (M.Qoriyev). 5. Anchadan keyin buvim g‘imirsib o‘rnidan turdi-da
tasbehini tokchaga qo‘yib, sekin oldimga keldi (M.Ismoiliy).
Dostları ilə paylaş: