Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Alisher Navoiy nomidagi
 
ToshDO‘TAU dotsenti, f.f.n. 
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat 
instituti kengashining 20____ yildagi ____ - son majlisida ko‘rib chiqilgan va 
tasdiqlangan. 



1-DARS: “O‘ZBEK TILI AMALIY GRAMMATIKASI” FANINING
MAQSAD VA VAZIFALARI 
“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani quyidagi masalalarni qamrab oladi: 1. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili, til sathlari va qonuniyatlari, adabiy merosimizni chuqur 
o‘rgatish asosida tilimizning boy imkoniyatlarini yoshlar ongiga singdirish. 2. Tildan 
to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish. 3. Yoshlarni mustaqil fikr, keng tafakkur 
va erkin mushohada egasi qilib tarbiyalash. 4. Ularni muttasil kitob mutolaasiga 
odatlantirish, badiiy asarlar o‘qishga qiziqtirish, shu asosda ularning so‘z boyligini 
oshirish. 5. Talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ifoda imkoniyatlarini 
kengaytirish va savodxonlik darajasini oshirish. 6. Muloqot madaniyati va nutq 
tadbirkorligini tarkib toptirish va rivojlantirish. 7. Darsda qo‘yilgan muammolar 
yechimini izlashga o‘rgatish. 
“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani ta’lim muassasasida o‘zbek tili 
o‘qitishning bosh maqsadini ro‘yobga chiqarishni tilning jamiyatda tutgan o‘rni, 
bajaradigan vazifasini talabalar ongiga singdirishdan boshlaydi. Fikr faqat til 
yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni 
bilishi va avvalo uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni 
o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni 
o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni 
og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan 
iboratdir. “O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani talabaga ona tilining grammatik 
qonuniyatlarini o‘rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda 
foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi.
Mazkur fanni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasida 
bakalavr talaba hozirgi o‘zbek tili qonun-qoidalari, fonetika va orfoepiya, grafika va 
orfografiya, so‘z ma’nosi, til lug‘at tarkibi taraqqiyoti, frazeologiya, til lug‘atining 
funksional-uslubiy toifalanishi, leksikografiya, so‘z yasalishi, morfologiya, 
so‘zlarning turkumlarga bo‘linishi, ot, sifat fe’l, ravish, yordamchi so‘z turkumlari, 
ularning matnda qo‘llanishi, sintaksis bo‘limi, gap: sodda gap, qo‘shma gap, 
murakkablashgan gap, ularning lug‘aviy-grammatik tabiati, qo‘llanish o‘rinlari va 
uslubiy xususiyatlari haqida chuqurroq
bilimga
ega bo‘lishi; hozirgi o‘zbek tili va 
uslubiyatining umumiy muammolari, tushunchalari, ayniqsa, funksional uslublar va 
uslubiy normalarga oid nazariy bilimni atroflicha o‘rganishi; til birliklaridan to‘g‘ri 
foydalanib, fikr ifodalay olishi; adabiy til normalari, ularning funksional uslublardagi 
o‘rni, nutq madaniyati nazariy asoslarini egallash kabi bilim, 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin