Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

n, m, ng, l, r, y.
2.Shovqinlilar: b
, v, g, d, j, dj, z, k, p, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, g‘, h.
So‘z tarkibidagi tovush o‘zgarishlari 
 
So‘z tarkibidagi turli o‘zgarishlar asosan tovushlarning bir-biriga ta’siri 
natijasida ro‘y beradi. Shuningdek, tovushlar so‘zning bosh qismida yoki oxirida
urg‘uli bo‘g‘inida yoki urg‘usiz bo‘g‘inida kelishiga ko‘ra ham turli o‘zgarishlarga 
uchraydi. Bunday o‘zgarishlar kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari deyiladi. 
Tovush o‘zgarishlarining quyidagi turlari mavjud: 
1. 
Assimilatsiya 
so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga 
ta’siri natijasida o‘zaro moslashuvidir. Assimilatsiyaning 2 turi mavjud: 1) 
progressiv 
assimilatsiya
. Bunda so‘z tarkibidagi oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga moslab 
oladi: 
otdan> ottan, ketdi> ketti, yurak+ga>yurakka, qishloq+ga>qishloqqa 
kabi; 
2)
regressiv assimilatsiya
. Bunda so‘z tarkibida keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga 
moslab oladi: 
birla> billa, tuzsiz> tussiz, atlas> allas
kabi. Assimilatsiyaning yana 
to‘liq va to‘liqsiz turlari mavjud. To‘liq assimilatsiyada tovushlar bir-biriga aynan 
o‘xshash bo‘lib qoladi: 
terakga> terakka, tuzsin> tussin
kabi. To‘liqsiz 
assimilatsiyada tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: 
oqshom> oxshom, shanba> 
shamba
kabi. 
2. 
Dissimilatsiya 
so‘z tarkibida kelgan o‘xshash yoki qisman o‘xshash 
tovushlarning noo‘xshash bo‘lib qolishidir. Dissimilatsiyaning ham 2 turi mavjud: 1) 
progressiv dissimilatsiya
. Bunda ikkita o‘xshash tovushning keyingisi noo‘xshash 
bo‘lib qoladi: 
birorta> bironta, zarar> zaral
kabi; 2) 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin