8
Mashq.
Quyida berilgan so‘zlarning shakllanishida
qanday tovush
o‘zgarishlari sodir bo‘lganligini aniqlang.
Ayrim, bo‘yni, buyrug‘i, kuragi, ata, bilagi, o‘g‘li, sarg‘aymoq, qaynoq,
o‘rnatmoq, chanqoqni, susaymoq, chanqog‘i, o‘yna, sening, mening, yamoq,
yig‘loq, maqtov, etigi, saylov, qishloq, uchala, ikkala, shahri, bo‘yoq, yiqqan,
o‘quv, yasha, yashna, o‘lchov, pasaymoq, boqqa, tekkan, sochig‘i, sovuq.
Mashq
.
Quyidagi so‘zlarning talaffuzida qanday tovush o‘zgarishlari
sodir
bo‘lganligini aniqlang. So‘zlarning yozilishi va talaffuzini qiyoslang.
Uchta>ushta, uch so‘m>usso‘m, besh so‘m>bessum, yuzsiz> yussiz, quchdi>
qushdi, etdi>etti, ishsiz>issiz, oshni>oshshi, ishni>ishshi, yuzni>yuzzi, qorni>qorri,
o‘tda>o‘tta, past>pas, go‘sht>go‘sh, xursand>xursan, Samarqand>Samarqan,
dard>dart, baland>balant, band>bant, bo‘lsa>bo‘sa, kelsa>kesa, bo‘lgan>bo‘gan,
kelgan>kegan, qolgan>qogan, maqtov>maxtov, taqsimot>taxsimot, maqsad>maxsad,
shanba>shamba, shaftoli>shaptoli, maqbara>maxbara, taqsir>taxsir, tanbur>tambur,
sunbul>sumbul, tuproq>turpoq.
3-DARS: TO‘G‘RI TALAFFUZ (ORFOEPIYA) ME’YORLARI
Orfoepiya adabiy tilning talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan fan bo‘lib,
grekcha orfos – «to‘g‘ri», epos – «nutq» degan ma’nolarni anglatadi.
Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi
orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva
talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi.
Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: