Unli fonemalar tasnifi Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar 6 ta: i, e, a, o, u, o‘.
Unli fonemalar quyidagicha tasnif qilinadi:
1 .Tilning oldinga va orqaga tomon
xarakati, ya’ni tilning gorizontal harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga bo‘linadi:
1) til oldi unlilari:
i, e, a; 2) til orqa unlilari:
u, o‘, o. Til oldi unlilari old qator unlilar deb ham yuritiladi. Ularni hosil qilishda til
tishlarga tiraladi. Til orqa unlilari orqa qator unlilar deb ham yuritiladi. Ularni hosil
qilishda til bir oz orqaga tortiladi.
2 .Tilning yuqoriga, tanglay tomon ko‘tarilish darajasi, ya’ni tilning vertikal
harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 3 ga bo‘linadi:
1) yuqori (tor) unlilar:
i, u; 2) o‘rta (o‘rta keng) unlilar:
e, o‘; 3) quyi (keng) unlilar:
a, o. Yuqori (tor) unlilarni hosil qilishda til yuqoriga ko‘tariladi, havo yo‘li esa
ancha torayadi; o‘rta (o‘rta keng) unlilarni hosil qilishda til bilan tanglay oralig‘i
o‘rtacha bo‘ladi; quyi (keng) unlilarni hosil qilishda esa til bilan tanglay oralig‘i ancha
keng bo‘ladi.
3 . Lablarning ishtirokiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga bo‘linadi:
1) lablangan
unlilar:
u, o‘, o; 2) lablanmagan unlilar:
i, e, a. Lablangan unlilarni aytilishida lablar doira shakliga kirib, bir oz oldinga
cho‘ziladi. Lablanmagan unlilarning aytilishida lablar oldinga cho‘zilmaydi.
Unli fonemalar tasnifi jadvali Tilning vertikal harakatiga
ko‘ra
Tilning gorizantal harakati va lablarning ishtirokiga
ko‘ra
Old qator lablanmagan
Orqa qator lablangan
Yuqori (tor) unlilar
O‘rta(o‘rta keng) unlilar
Quyi (keng) unlilar
i
e
a
u
o‘
o
Mashq. So‘zlar tarkibidagi unli fonemalarni unlilarning tasnifi asosidagi
quyida berilgan sxemaga joylang.
Xalqqa ayting: men aslo o‘lganim yo‘q,
Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q:
Men elimning yuragida yashayman.
Erk deganning tilagida yashayman! (H. Olimjon)
6
Tilning gorizontal
harakatiga ko‘ra
Tilning vertikal
harakatiga ko‘ra
Lablarning
ishtirokiga ko‘ra
Old qator
Orqa
qator
Yuqori(t
or)
O‘rta
(o‘rta
keng)
qo‘yi
(keng)
Lablangan
Lablanmagan