malaka va
ko‘nikmalarg
a ega bo‘lishi kerak.
Yuqoridagilar asosida “O‘zbek tili amaliy grammatikasi” kursni o‘zlashtirish
jarayonida talaba: Fanining maqsad va vazifalari, O‘zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi, Umumxalq o‘zbek tili va shevalari, O‘zbek adabiy tilining
taraqqiyot bosqichlari, Hozirgi o‘zbek adabiy tili va uning bo‘limlari, Fonetika.
O‘zbek tilining tovush tizimi, To‘g‘ri talaffuz (orfoepik) me’yorlari, Unli, undosh
fonemalar va ularning tasnifi, Tovush o‘zgarishlari, Urg`u va bo‘g`in haqida
ma’lumot, Grammatika haqida ma’lumot, So‘z tukumlari tasnifi, So‘zning lug`aviy
4
ma’nosi, Sintaksis, Gap turlari, Qo‘shma gaplar, O‘zbek yozuvlari tarixidan,
Orfografiya, Orfografik tamoyillar, “Imlo” to‘g`risidagi qonun, undagi ayrim
o‘zgarishlar, O‘zlashma so‘zlar imlosi, Joy nomlari va ularning imlosi, Yordamchi
so‘z turkumlari imlosi, Kishi ismlari – milliy-madaniy boylik sifatida, Uslubiy
me’yor haqida tushuncha, Rasmiy ish qog‘ozlarining o‘ziga xos xususiyatlari,
Leksikologiya haqida ma’lumot, So‘z va ma’no, So‘z ma’nosining ko‘chish usullsri,
So‘zlarning shakl va ma’nolariga ko‘ra turlari, Turg`un iboralar, Maqol,matal va
hikmatli so‘zlar – nutqimiz ko‘rki, Leksikografiya haqida tushuncha, O‘zbek
lug‘atlari haqida ma’lumot, Lug`at boyish yo‘llari, O‘z qatlam va o‘zlashma qatlam,
So‘z va uning etimologiyasi, San’at va madaniyatga oid terminlarning izohi
to‘g‘risida yetarli darajada bilim va malakaga ega bo‘lishi, ulardan
foydalana olishi
hamda
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasiga
ega bo‘lishi zarur
5
2-DARS: FONETIKA
Tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bo‘limi
fonetika
deyiladi.
Fonetika (grekcha
phone
«tovush» demakdir) nutq tovushlarining paydo bo‘lishini,
ularning turlarini, tasnifini, nutq jarayonidagi turli o‘zgarishlarni o‘rganadi. Nutqiy
jarayon bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘in, urg‘u, ohang kabi hodisalarni,
shuningdek adabiy tilning talaffuz me’yorlarini o‘rganish ham fonetikaning vazifasiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: |