Tillar va adabiyot kafedrasi


Hol, uning ifodalanishi va turlari



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Hol, uning ifodalanishi va turlari 
Hol ish-harakatning qay holda yuzaga kelishi, o‘rin va paytga munosabati, 
sabab yoki maqsadi, miqdori kabi belgilarni ifodalovchi ikkinchi darajali bo‘lakdir. 
Hol doim fe’l kesimga tobelanadi. Hol quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: 
1.Ravish bilan
: U sekin ishladi. Biz tez yurdik. 
2. Ravishdosh bilan
: Kulib so‘zladi. Turtinib yurdi. 
3.Sifatdosh bilan
: Qizargan holda kirib keldi. Yugurganicha uyiga ketdi 
4. Sifat bilan
: Yaxshi tushuntirdi. Muloyim gapirdi. 
5. Son bilan
: Bir qaradi-yu, ikkinchi qaramay qo‘ydi. 
6. Olmosh bilan
: Shu-shu ko‘rinmay ketdi. 
7. O‘rin kelishklari
(o‘rin payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari) 
affikslarini 
olgan otlar bilan
: Samarqandga bordik. Uydan keldim. Toshkentda yashaymiz. 
8. Ayrim ko‘makchilar bilan birga kelgan otlar bilan
: Zavq bilan o‘qidi. 
Diqqat bilan eshitdik. 
9. Mimemalar bilan
: Shamol g‘ir-g‘ir esyapti. Yomg‘ir shatir-shutir yog‘ardi! 
Mashq.
Misollar orasidan hollarni aniqlang va hol vazifasini bajargan shu 
so‘zlarni otlarga bog‘lab, ularning sifatlovchi-aniqlovchi bo‘lib kelganini izohlang.
Namuna: 
Oz so‘zlang
- hol bo‘lib kelgan. 
Oz gapni yoqtiramiz
– sifatlovchi 
aniqlovchi bo‘lib kelgan. 
Biz yaxshi ishladik
– yaxshi so‘zi hol bo‘lib kelgan. 
Yaxshi 
odamlarni doim maqtaydilar
- yaxshi so‘zi sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan.
1. Dag‘al buyumlarni tozalash kerak. Bizga bunchalik dag‘al gapirmang. 
2. Kishilarga manzur bo‘ladigan ko‘p ishlarni bajardik. U ariq bo‘yida o‘tirib 
kelgusidagi rejalari haqida ko‘p o‘yladi. 
3. Hayotimizdagi baxtli kunlarni ko‘p esladik. Shuncha mehnat qildinglar, endi 
baxtli yashanglar. 
4. Shu kungacha ancha gaplar eshitildi. Bu haqda ancha o‘yladik.
Mashq.
Matndagi ravishdosh, sifatdosh va otlar hol vazifasida kelgan gaplarni 
ajratib ko‘chiring. 
Hoji bir kun turib ertasiga Muxtorxon bilan markazga ketdi. Muhammadrajab 
Hoji kelguncha turishi kerak edi. Ikki kunda kelishni va’da qilgan Hoji bir haftadan 


111 
so‘ng yana bir hafta kechikish ehtimoli bor ekanini bildirib telegramma berdi...
Oradan bir necha kun o‘tdi – Muhammadrajab jim, Mirza Muhiddinni og‘ziga ham 
olmadi. Saidiy ishda ekanida kun bo‘yi uyda o‘tiradi-da, Saidiy kelishi bilan chiqib 
ketganicha, saharga yaqin kelardi... Ehson o‘z vazifasida qoldi. Nosirov toqatsizlana 
boshladi. Ehson bularning ko‘pi bilan chiqishadi, yordam so‘raydi, qo‘lidan kelsa 
yordam qiladi (A.Qahhor). 
Mashq.
Misollar orasidan ravish, sifat va taqlidiy so‘zlar hol vazifasida kelgan 
gaplarni ajratib ko‘chiring. 
1. Biz universitetda o‘qigan vaqtimizda, ularning yoniga tez-tez borar, yangi-
yangi fikrlar eshitar edik. 2. Qizlar ichida ayniqsa, Dilorom qisqa, mazmunli gapirar 
edi. 3. Bolalar, bu xabarni eshitib, og‘zimiz lang ochilib, dag‘-dag‘ titray boshladik. 
4. Sobir bizning fikrimizga qo‘shilib, ma’nodor kulib qo‘ydi. 5. Ekinlar asta-asta 
rivojlana boshladi. 6. Biz bundan ko‘p xursand bo‘dik. 7. Oz so‘zlang, lekin soz 
so‘zlang. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin