121
go‘shtni davlatga sotishadi. Abdulla, Erkin, O‘lmas, Ne’mat, O‘tkir, Nosir,
Xudoyberdi, Anvarlarni o‘z ukasidaek ko‘rardi.(S.Ahmad.)
Hollar uyushadi
:
Yomonligi uchun betiga qora surtib, eshakkka teskari
mindirib qishloqdan chiqarib yuborishadi. Oyim shikasta ovoz bilan g‘azallarni juda
ravon, mayin o‘qir edilar. Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini
tebratib, kulib qo‘ydi. (S.Ahmad) Uning tergovchilari Farg‘onada, Xorazmda,
Buxoroda ish olib borardi. (S.Ahmad).
Mashq.
Matndagi uyushiq bo‘lakli gaplarni aniqlang. Gapning qaysi bo‘laklari
uyushganligini belgilang.
Yozgi ta’tilda Munisxon akasi bilan Qrimga ketib, Saidiy shaharda yolg‘iz
qoldi. Uning boradigan eri, so‘zlashadigan kishisi yo‘q: kuni bilan hujrasida o‘tirib
turli yozuvchilarning maqtalgan asarlarini o‘qish va hikoya yozish bilan vaqtini
o‘tkazar edi. Yana birmuncha she’r va hikoyalarini o‘sha jurnalga yubordi.
Bu jurnal yozuvchilarni uch turga bo‘lib, asarlarini taqdim qilardi: talantli
shoirlar, tarbiya va kengashga munosib yosh qalamkashlar va havaskor yozuvchilar.
Saidiy esa so‘nggisiga ham kirmas, uning ismi mudom oxirgi sahifada «bosilmaydi»
so‘zi bilan zikr qilinardi. Saidiy umidsizlanmadi, chunki o‘zi yolg‘iz emas, yana
boshqa yigirmalab ismlar ham bor edi. U o‘zini tarbiya va kengashga munosib
darajaga ko‘tarish uchun juda ko‘p kitoblar o‘qidi, bir necha oy ichida ikki yuzdan
ortiq badiiy asarlarni o‘z ichiga olgan kutubxonaga ega bo‘ldi (A.Qahhor).
Mashq.
Berilgan misollar orasidan uyushiq bo‘lakli gaplarni ajratib, ular qaysi
bo‘lak ekanligini ayting.
1. Qashqarcha kumush obdasta ko‘tarib kelayotgan semiz oftobachi har o‘n
qadamda bir to‘xtab qolardi (P.Qodirov). 2. Deraza oldiga ekilgan olchalar va
giloslardan shovullab xazon to‘kildi (P.Qodirov). 3. Mahalla machitining
minorasidan bobomning baland, toza, yangragan ovozi eshitiladi (Oybek). 4. Sobir
baqqolning do‘koniga bir zum ag‘rayapman, eski, pachoq qul torozini o‘ynagim
keladi (Oybek). 5. O‘zi Samarqandga qarab yo‘lga chiqish oldidan tiniqib olish
maqsadida daryo bo‘yidagi chorbog‘ tomon ketdi (X.Davron). 6. Muqaddas teskari
qarab turgan bo‘lsa ham, men uni darrov tanidim (O.Yoqubov). 7. Yomonlikka
adolat, yaxshilikka yaxshilik bilan javob berishga to‘g‘ri keladi (X.Davron).
Dostları ilə paylaş: