Tillar va adabiyot kafedrasi


Uyushiq bo‘lakli gaplardagi uyushgan bo‘laklarni yaxlitlab, umumlashtirib  ko‘rsatish uchun ba’zan  umumlashtiruvchi birliklar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Uyushiq bo‘lakli gaplardagi uyushgan bo‘laklarni yaxlitlab, umumlashtirib 
ko‘rsatish uchun ba’zan 
umumlashtiruvchi birliklar
birga qo‘llanadi. 
Bunday birliklar birgina so‘z yoki so‘z birikmasi shaklida keladi. Masalan: 
bu 
ishni oz fursatda bitirish uchun quruvchilar, olimlar, o‘qituvchilar - hamma bosh 
qo‘shdi. Insonning hamma narsasi: yuzi ham, qalbi ham chehrasi ham, kiyimlari ham 
go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 
Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, birinchi gapda umumlashtiruvchi birlik 
vazifasida birgina so‘z 
(hamma
), keyingi gapda esa, umumlashtiruvchi birlik 
vazifasida so‘z birikmasi (
insonning hamma narsasi
) bilan ifodalangan.
Umumlashtiruvchi birlik vazifasida ko‘pincha jamlovchi olmoshlar hamma, bari, 
barcha), otlar yoki boshqa so‘z turkumlari kela oladi: Ko‘rib chiqdi uni 
barcha:
Odil, 
Toshmat, Halima. (P.Mo‘min). Ibrohim otaning 
o‘g‘illari
: Sobir, A’zam, va 


122 
Dilshodlar ham ana shu erda edi.Qushlarning rangi ajoyib: oq, pushti, qora, qizil. 
Otliqlardan 
uchtasini
: Ergashni, Obidni va Ahmadni tanidim. 
Tabiat hodisalari

shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ko‘rganlarim, eshitganlarim 
– hammasi
esimda. 
Uyushiq bo‘laklar 
orasida va ham, ammo, biroq lekin, goh-goh, dam-dam, na-
na 
kabi teng bog‘lovchilar ishlatiladi yoki tenglanish ohangi qo‘llanadi. 
Mashq.
Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan uyushiq bo‘lakli gaplarga 
keltirilgan misollarni tahlil qiling. 
1. Ayriliq, cheklanish, iztirob damlarida inson bitta maqsad bilan yashaydi. 2. 
Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom etadi. 3. Mirtemir jon-tani bilan
vujud-vujudi bilan, sabr-bardoshi, o‘y-tuyg‘ulari bilan shoir edi. 4. U erta bilan 
Ko‘kcha bozoriga borib bolalarga qatiq, qaymoq, issiq non xarj qilib kelardi. 5. 
Ularning ijod jarayonlarini, xususiyatlarini, xalq og‘ziga tushib qolgan qo‘shiqlarini, 
har bir xonadonning mulki bo‘lib qolgan kitoblarining qay tariqa yaratilganini tarixga 
qoldirishimiz kerak. 6. Bu she’r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so‘z 
san’atkorligini, hayot hodisalarini nihoyat chuqur bilishini namoyish qilgan edi. 7. 
O‘.Umarekovning fikr doirasi kengligi, ko‘p o‘qiganligi, o‘zini tutishi, odobi unga 
yoqdi. 
Mashq.
Berilgan misollar orasidan uyushgan aniqlovchi va uyushgan 
to‘lidruvchilarni ajrating. Bu uyushgan bo‘laklar qanday vositalar orqali bir-biri bilan 
birikkanligini tushuntiring. 
1. O‘ktam O‘zbekistonning tabiatini, paxtasini va xilma-xil mevalarini ta’rif 
etar edi (Oybek). 2. Ko‘katlar, gullarning hidi dimoqqa gup etib urar edi. 3. Tip-tiniq, 
musaffo Andijon osmonini to‘ldirib yulduzlar porlardi (P.Qodirov). 4. Baland 
teraklar, serquloch qayrag‘ochlarning uchlarida yulduzlar chaman-chaman yonadi 
(Oybek). 5. Hamidaxon goh singlisiga, goh To‘tiqizga qarab quvonar edi. 6. U 
kosiblar, kambag‘allar, soatsozlar, kulollar bilan suhbat qiladi; sulhdan, hayotdan, 
ishdan so‘zlaydi (Oybek). 7. Ko‘klamning mayin shabadalari ko‘m-ko‘k yaproqlarni 
asta tebratmoqda. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin