124
So‘zlovchi o‘z fikrini bayon qilish jarayonida ba’zan gapdagi fikrga turli
munosabatini ishonch, gumon, taxmin, ishonchsizlik kabi turli modal ma’nolarni
qo‘shib ifodalaydi.
Bunday vazifada ayrim so‘zlar, so‘z birikmalari kela oladi.
Bular quyidagi modal ma’nolarni ifodalashi mumkin:
–
tasdiq, ishonch
ma’nolarini bildiradi:
albatta, haqiqatan, darhaqiqat
kabi.
–
gumon
ma’nosini bildiradi: ehtimol, chamasi, balki kabi.
–
shodlik, xursandchilik
ma’nosini bildiradi:
xayriyat, shukurki, nihoyat,
baxtimga
kabi.
-
afsuslanısh
ma’nosini bildiradi:
afsus, attang, essiz
kabi
-
taajjub
ma’nosini bildiradi:
hayhot, ajabo, voajab
kabi.
-
fikrning kimga qarashliligini
bildiradi:
menimcha, uning aytishicha
kabi.
-
fikr tartibini
bildiradi:
birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan
kabi.
-
fikrni xulosalash
ma’nosini bildiradi: demak, xulosa qilib aytganda kabi.
Modal so‘zlar, sifat, son, ot, undovlar, kirish qurilma vazifasida keladi.
Bunday so‘zlar ikki xil vazifada ishlatiladi:
1)
faqat kirish qurilma vazifasida qo‘llanadi
:
albatta, balki, attang, afsus,
birinchidan, demak
kabi.
2
) ham kirish qurilma, ham gap bo‘lagi bo‘la oladi
:
to‘gri, rost
kabi.
Kirish qurilmalar tuzilishiga ko‘ra sodda va birikmali holda qo‘llanadi.
Sodda kirish qurilmalar bir so‘zdan tuzilgan bo‘ladi. Albatta, chamasi, ehtimol,
shubhasiz kabi.
Birikmali kirish qurilmalar birdan ortiq so‘zlardan tashkil topgan bo‘ladi:
uning aytishicha, mening fikrimcha, qisqasini aytganda kabi.
Dostları ilə paylaş: