130
ham, inkor bog‘lovchisining qo‘llanishi bilan ularda inkor mazmuni ifodalanadi.
Agar ikki gap inkor shaklda bo‘lsa, undagi inkor mazmuni kuchaytiriladi. Misol:
1.
Unga na saroybon nazar soldi, na posbon ichkariga taklif qildi. (O.Yoqubov). 2.
Uchrashish uchun bizda na joy bor, na vaqt bor. 3. Na yomg‘ir yog
‘
maydi, na quyosh
chiqmaydi.
Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarning
ikkinchi komponentida
kesim ba’zan qo‘llanmasligi mumkin: Davolanish uchun na dori bor, na darmoni.
Dard ustiga chipqon deganday Kimsandan na xat bor, na xabar.
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma
gaplarni ajrating.
1.
Otabek na otasi bilan, na onasi bilan ochilib gaplashmadi (A.Qodiriy). 2.
Mevali bog‘ jim-jit edi: na qushlar sayraydi, na daraxtlar ovoz chiqaradi. 3. Bir
hovuch na uyimda g‘allam bor, Ikki gaz na boshimda sallam bor (Maxmur). 4. Uning
qalbida na bir qo‘rquv bor, na bir hayajon (O.Yoqubov). 5. Na g‘urur bor bizda, na
izzat-nafs (O.Yoqubov). 6. Yaxshilik qilmoqqa menda na yo‘l bor,
yomonlik
qilmoqqa na ixtiyor bor. 7. Mana shunday aqlsiz hayot kechirgani uchun uning na
yaqin do‘sti bor, na bir yaqin kishisi bor. 8. Bu qanday sinov: na adolat bo‘lsa, unda,
na haqiqat (O.Yoqubov) 9. O‘g‘lining gapini na
otasi eshitdi, na onasi. (A.Qodiriy)
Bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibida uslubiy talabga ko‘ra ba’zan
bog‘lovchilar qo‘llanmasligi mumkin. Misol: Qo‘ng‘iroq chalindi, mashg‘ulot
boshlandi. (Qo‘ng‘iroq chalindi va mashg‘ulot boshlandi) Havo bulut bo‘ldi, yomg‘r
yog‘madi. (Havo bulut bo‘ldi-yu, yomg‘ir yog‘madi. Havo bulut bo‘ldi,
lekin
yomg‘ir yog‘madi.)
Dostları ilə paylaş: