132
Misollardan ko‘rinadiki, ega ergash gap bosh gapda ega vazifasida kelgan
olmoshning (
u
so‘zining) ma’nosini ochib bergan.
Ega ergash gap ba’zan bosh gapda qo‘llanmagan «tushib qolgan» eganing
ma’nosini konkretlashtirib keladi. Bunday holatda avval bosh gap, keyin ergash gap
keladi.
Misol:
Yo‘lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu erda hamma daraxtlar bir chiziq
ustida saf tortib turardi
. (Oybek)
Qutbga tushida ayon bo‘lurki, Shayboniyxonning
qilichini amir Zunnunbek sindirurlar.
(P.Qodirov) Bu har ikki misoldan ko‘rinadiki,
ega ergash gap bosh gapdagi «tushib qolgan» eganing ma’nosini izohlagan.
Ega ergash gap bosh gap bilan fe’lning shart mayli shakli va –ki yordamchisi
orqali birikib keladi.
Misol: 1.
Kimki o‘rganishni uyat, or demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l,
olmos
. (Nizomiy Ganjaviy) 2.
Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi
. 3. Kimki
qanoat birlan shod bo‘lsa, u o‘lguncha aslo tashvish ko‘rmaydi. 4. Kimki o‘z
yaxshiliklarini birovga minnat qilmasa, u haqiqiy jannat bandasidir. 5.
SHunisi
ko‘pdan ma’lumki, ular doim beparvolik bilan yashaydilar
. 6.
Kim hunarni desa, u
dono bo‘lur, Nodonlar qudrat deb boylikni bilur
. (A.Jomiy).
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan ega ergash gapli qo‘shma gaplarni
ajrating. Ergash gap bosh gap bilan qaysi xil biriktiruvchi vosita orqali bog‘langanini
ayting.
1. Har kishi nafsining asiri bo‘lsa, u ojizlar mulkiga cho‘zadi qo‘lin. 2.
Kimdakim sening aybingni yuzingga aytsa, u sening haqiqiy do‘sting. 3. Kimki o‘z
vataniga sadoqatli bo‘lsa, u doim xalq olqishida bo‘ladi. 4. Kimki bilimdonligi va
donoligini ko‘z-ko‘z qilsa, unda bilimdonlik ham yo‘q, donolik ham yo‘q. 4. Kim
jumlani buzib gapirsa, uning fikri ham chalkash bo‘ladi. 6. Qaysi kishi maqtanchoq
bo‘lsa, o‘sha kishining ko‘ngli harvaqt xijolatda bo‘ladi. 7. Kimki jinoyatning oldini
olishga imkoni bo‘laturib, uni qilmasa, u jinoyatni raQbatlantirgan bo‘ladi. 8.
Kimdakim ota-onasini rozi qilsa, unga tole yor bo‘ladi. 8. Kimki jinoyat qilsa, u
albatta, jazosiz qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: