126
Qo‘shma gaplar
tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: ikki qismli qo‘shma
gaplar va ko‘p qismli qo‘shma gaplar.
Ikki qismdan tashkil topgan qo‘shma gaplar tarkibida ikkita gap mavjud
bo‘ladi:
1. O‘qituvchilar kelishdi va mashg‘ulotlar boshlandi. 2. Hamma yig‘ilsa,
yig‘ilishni boshlaymiz.
Misollarning har ikkisi ham ikki gapdan (qismdan) tuzilgan.
Lekin ularning mazmun munosabati va biriktiruvchi yordamchilarning qo‘llanishi har
xil: birinchi gapda tenglanish munosabati mavjud, shuningdek, uning qismlari teng
bog‘lovchi –
va
orqali birikkan. Ikkinchi gapda tobelanish munosabati mavjud bo‘lib,
xar ikki gap fe’lning shart mayli shakli orqali birikkan.
Shunga ko‘ra bunday qo‘shma gaplar ikki turga bo‘linadi:
1.
Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2.
Ergashgan qo‘shma gaplar.
Dostları ilə paylaş: