Atov gaplar (nominativ) gaplar
predmet yoki hodisaning majud ekanligini
bildiradi. Bunday gaplarda ega va kesim munosabati aniq ko‘rinmasa ham
predikativlik va gaplarga xos bo‘lgan nisbiy tugal intonatsiya mavjud bo‘ladi.
Masalan:
Keng dala. Bu erda har qanday odam bahri dili ochilib yaxshi dam
oladi. Ko‘klam. Hammayoq yam-yashil libos kiygan.
Nominativ gaplardan keyin,
albatta, uning izohi, aniq mazmunini ifodalovchi ikki tarkibli gaplar keltiriladi:
Tong.
Quyosh erga oltin lentalar yoydi (O‘.Hoshimov). O‘qituvchi bo‘lish. Bu juda katta
mas’uliyat talab qiladigan kasb.
Atov gaplar bitta so‘zdan tuzilishi yoki birdan ortiq so‘zlarning birikuvidan
tuzilishi mumkin:
Mayning so‘nggi kunlari.
Talabalar yozgi ta’tilga qizg‘in
117
tayyorlanishmoqda.
Oddiy yoz tongi.
Quyosh kalkovuz suvi bo‘ylab o‘sgan qalin
tollarning uchida o‘ynaydi (Oybek). Ayrim vaqtda atov gaplar birdan ortiq - qator
kelishi mumkin.
Mart oyining oxirlari. Kunduz soat to‘rtlar chamasi.
O‘quvchilarning qizg‘in munozaralari boshlandi
.
Mashq.
Berilgan misollar ichidan atov gap ishtirok etgan qurilmani ajratib
ko‘rsating. Shu gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilab
chiqing.
1. Jimjitlik. Giyohlar shitirlaydi, shamol chodirni silkitadi (S.Ahmad). 2. Vafo
va sadoqatni timsoli bo‘lgan Mohlar oyim Farg‘ona xoni shoir Amir Umarxonning
umr yo‘ldoshi, benazir maslahatchisi, she’riyat osmonida chaqnagan yulduz
Nodirabegim edi (S.Ahmad). 3. Qish. Butun borliq oppoq choyshab bilan bezangan
(Oybek). 4. Melodiy 1494 yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining
osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt
birdan jala quyib berdi (M.Ismoiliy). 5. Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv
beradigan Hirmiyrud daryosi va injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar
to‘kilgan (P.Qodirov). 6. Shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har
qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi (Oybek). 7. Hozir shu
hamsuhbatlarining ko‘zlari daraxt yaproqlari ortida qoldi (T.Malik). 8. Niyoz hech bir
mulozamatsiz mashinaning oldingi eshigini ochdi-da, o‘rindiqning changini qoqdi. 9.
Ikkalamiz pushtada cho‘kkalab qoldik. 10. Kun sovuq. Quyosh dam ochilib
ko‘ngillarni yoritib yuboradi, dam yopiladi-da, tumshayib oladi (Oybek). 11. Kech.
Kun qoraygan. Temir yo‘l ustaxonasida majlis o‘tmoqda (Oybek).
Shaxsi umumlashgan gaplarda ko‘pincha nasihat, maslahat, odob o‘rgatish kabi
mazmun anglashiladi.
Bunday gaplarda ba’zan ega mavjud bo‘lsa yoki uni topish mumkin bo‘lsa ham
gapdagi mazmun o‘sha ega vazifasidagi so‘zga emas umumga qaratilgan bo‘ladi:
Nimani eksang, shuni o‘rasan. Bu gapda qo‘llanmagan (yoki «tushib qolgan») ega
sen
so‘zi bo‘lsa ham mazmun umumga (hammaga) qaratilgandir. Shuning uchun
bunday gaplar shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘pincha maqollarda uchraydi: Birni kessang,
o‘nni ek (Maqol). Dangasaga ish buyursang, senga aql o‘rgatar (Maqol). Aytar so‘zni
ayt, aytmas so‘zdan qayt (Maqol). Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l (Maqol).
Kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda (Maqol).
Mashq.
Berilgan misollar orasidan shaxsi umumlashgan gaplar ishtirok etgan
bo‘lsa, ularni ko‘chirib yozing.
1. Yomonga yaqin yursang balosi yuqar. 2. Dangasaga ish buyursang, senga
aql o‘rgatar. 3. Sherzod bayramni o‘tkazish uchun o‘ziga yuz so‘m olib qoldi-da,
qolgan pulning hammasini qishloqqa – singlisining nomiga jo‘natdi. Ayasi qanchalik
quvonishini, qanchalik duo qilishini ko‘z o‘ngiga keltirib, o‘ziyam suyunib ketdi. 4.
Ko‘z qo‘rqoq - qo‘l botir. 5. O‘g‘ri bo‘lsang ham, insof bilan bo‘l. 6. Otang bolasi
bo‘lma, odam bolasi bo‘l. 7. Yetti o‘lchab bir kes. 8. Ko‘pdan quyon qochib qutilmas.
|