Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Kiritma qurilmalar
so‘zlovchi bayon qilinayotgan fikrning izohini, to‘liqroq 
mazmunini ifoda qilish uchun ishlatiladi. Misol: Otabek (Yusufbek Hojining o‘g‘li) 
juda aqlli, hushli yigit. (A.Qodiriy) 
Biz maqtonchoqlarni (ayniqsa, o‘zini o‘zi maqtaydiganlarni) hech 
yoqtirmaymiz. Daraxt ko‘chatlari (bu yil ekilgan daraxtlarni nazarda tutyapmiz) juda 
tez avjiga oldi. 
Mashq.
Keltirilgan misolllardagi kirish qurilmali gaplarni ajrating. U gaplarda 
kirish qurilma qanday ma’no ifodalash uchun qo‘llanganini ayting. 
1. Baxtga qarshi, Saida uning hohishini payqamadai (A.Qahhor). 2. Hay attang, 
qani o‘rtoq Odilov, siz gapiring, shu gaplar rostmi? (A.Qahhor) 3. Haqiqatan, she’rlar 
samimiy, yosh qalbdan yozilgan edi. 4. Bizningcha, ma’ruzachi ko‘p narsalarni 
chuqur mushohada qiladigan olim bo‘lsa kerak. 5. Shubhasiz, ko‘prik shu yerga 
yaqin joyda. 6. Xullasi kalom, sabr-qanoatni ham unutib qo‘ydi. 7. Qishloqdan chiqib 
ketganiga, ehhe, qancha bo‘ldi! (O‘.Hoshimov) 8. Qirq oltinchi yil. Toshkentda 
Navoiy teatri qurilgan kezlar.. Tepaqo‘rg‘ondagi yetti yillik maktabda g‘alati voqea 
sodir bo‘ldi (O‘.Hoshimov). 9. Peshonangizga yozib qo‘ying, uka! Ilm kishisi 
avvalambor odam bo‘lmog‘i kerak, ana undan keyin olim! (O.Yoqubov) 10. Hoy, 
noinsof, sizga gapirayapman, bola qiynalib ketdi (Shuhrat). 11. Tavba, sira kattalarga 
o‘xshamaysiz-a, shundoq odam o‘zimizga o‘xshab, jo‘ngina gaplashasiz-a! 
(S.Ahmad) 


125 
 
29-DARS: QO‘SHMA GAPLAR 
Qo‘shma gap
ikki va undan ortiq sodda gapning birikuvidan tuziladi. Qo‘shma 
gap tarkibidagi qismlar (gaplar) quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 
1. Ular mazmun jihatidan bir-biriga bog‘lanishi kerak. Masalan, quyidagi 
gaplarni yonma-yon quyib qo‘shma gap hosil qilib bo‘lmaydi: 
«Qor yog

di, gullar 
ochildi» yoki «Kunlar soviy boshladi, ko‘klam keldi».
Bu gaplarda mazmunga ko‘ra 
bog‘lanish yo‘q. Agar bularni «Qor yog‘di, kunlar soviy boshladi» va 
«Ko‘klam keldi 
va gullar ochiildi» 
deb qo‘llasak, har ikki juftlikda ham mazmunga ko‘ra bog‘lanish 
bo‘lgani uchun ular ikkita qo‘shma gapni tashkil qiladi. 
2. Qo‘shma gapning tarkibidagi har bir qismda predikativ munosabat bo‘lishi 
kerak, ya’ni har bir gapning o‘zini alohida ega va kesimlari bo‘lishi kerak. Masalan : 
«Tirishib o‘qisang, ko‘p narsani bilasan»
gapida ikkita kesim (o‘qisang, bilasan)bor 
bo‘lsa ham, har ikki kesim uchun alohida ikkita ega emas, bitta ega (sen) mavjud. 
Shuning uchun bu gap qo‘shma gap emas sodda gap hisoblanadi. 
«Taklif qilsak, albatta, kelarsiz» gapida esa, ikkita kesim va shu har ikki gap 
uchun alohida egalar mavjud. Biz taklif qilsak, albatta, siz kelasiz». Shunga ko‘ra 
bunday gaplar qo‘shma gap sanaladi. 
3. Qo‘shma gaplarning har bir qismidan keyin gaplarga xos bo‘lgan nisbiy 
tugal ohang (intonatsiya) qo‘llanadi. Intonatsiya gaplar orasida nisbiy tugal bo‘lsa 
ham, qo‘shma gap oxirida tugalli xarakteriga ega bo‘ladi. 
Demak, qo‘shma gaplar ikki yoki undan ortiq qismlarning (gaplarning) 
mazmun jihatidan, grammatik xususiyati va intonatsiyaga ko‘ra birikuvidan tashkil 
topadi. Misol: Ko‘klamning mayin shamollari g‘ir-g‘ir esa boshladi, bulbullar ham 
ularga ha- mohang bo‘lib sayray boshladi. 2) Chechaklar to‘lg‘anib, qushlar sayrab 
tong ellari g‘ir-g‘ir esadi. 3) Bahor kelishi bilan, kunlar isiydi, daraxtlar ko‘karadi va 
mevalar pisha boshlaydi. 
Keltirilgan misollarning birinchisi ikkita gapdan tashkil topgan – ikkita ega va 
kesimli birikma ishtirok etgan, ikkinchisi uchta qismdan (gapdan) tuzilgan, uchinchisi 
esa to‘rtta qismdan (gapdan) tashkil topganligi uchun har uchta gap ham qo‘shma gap 
hisoblanadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin