Tillar va adabiyot kafedrasi


-DARS: BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

30-DARS: BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 
Bunday qo‘shma gaplar ikki teng huquqli gaplarning birikuvidan tuziladi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplarda
uyushiq bo‘laklardagidek, tenglanish ohangi 
(intonatsiyasi) qo‘llanadi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yoki 
shu bog‘lovchilar vazifasini bajaruvchi 
–da, -u (-yu)
yuklamalari orqali birikadi. 
Misollar: 
Pastak eshik ochildi va elkasiga sumka osgan pochtachi xotin 
engashib ichkari kirdi. Ichkariga qor aralash shamol yopirilib kirdi-yu, kampirning 
qo‘lidagi sham birdan o‘chdi. Qobilboy Anvarning dastbandini kesdi va ikkisi uyga 
kirib ketishdi. Shu payt Bektemirning yuragida go‘yo bir nima uzilganday bo‘ldi-yu, 
komandir bir oz taraddudlanib labini qimirlatganini sezdi.
(Oybek) 
Bog‘langan qo‘shma gaplar mazmun munosabatiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi: 
1) Biriktiruv munosabatli tur 
2) Ayiruv munosabatli tur 
3) Zidlov munosabatli tur 
4) Inkor munosabatli tur 
Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda
voqea-hodisa bir 
vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelgan bo‘ladi. Bunday bog‘langan qo‘shma gap 
qismlari orasida 
va, ham (hamda)
biriktiruv bog‘lovchilari yoki shu bog‘lovchilar 
vazifasida kelgan -
u, -yu, -da
kabi yuklamalar ishlatiladi. 
Misollar: 
Shamol esar va uning shovqini daraxtlarni mayingina silkitar edi. 
Dutor «Ifor» kuyini chaldi va childirma ham nozik yo‘l bilan unga qo‘shila bordi
(A.Qodiriy). 
Daryo tomondan guvillab esib turgan shabada yo‘l bo‘yidagi o‘t-
o‘lanlarni tebratar hamda sarg‘ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi. 
Odamlar qo‘li tegdi-yu, tashlandiq erlar obod bo‘lib ketdi. 
Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar biriktiruv bog‘lovchilari orqali birikkan 
uyushiq bo‘lakli sodda gaplardan farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, bog‘langan 
qo‘shma gapda ikki sodda gap mavjud bo‘ladi. Ya’ni ikki ega va kesimli markaz 
ishtirok etgan qismlardan tuziladi. Biriktiruv bog‘lovchisi ishtirokida tuzilgan 
uyushiq bo‘lakli sodda gaplarda esa birgina ega va kesimli markaz (predikativ 
markaz) ishtirok etadi. 
Quyida berilgan misollarni qiyoslang: 
1. Shayx Yusuf afandini qalin yaproqli bir yong‘oq daraxtining tagiga keltirib 
o‘tqazishdi va qo‘liga tanbur tutqazishdi. 2. Shirin xayollar og‘ushida qiz bog‘dagi 


127 
o‘t-o‘lanlarni, chiroyli gullarni, sayroqi qushlarni ko‘rib quvondi. 3. Darvoza eshigi 
ochildi va ichkaridan galstuk taqkan bola chiqdi. 4. Buni ko‘rgan xaloyiq ichida 
shovqin-suron ko‘tarildi va har tomonda hayqiriqlar yangradi. 
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida bitta predikativ markaz (ega 
va kesimli markaz) ishtirok etgan bo‘lib, biriktiruv bog‘lovchisi 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin