128
tilamas, yo uning aql ko‘zgusi xiralashib qolgan. Berilgan vazifani hoh o‘zingiz
bajaring, hoh birovga topshiring.
Mashq.
Berilgan misollar orasidan ayiruv bog‘lovchilari
orqali birikkan
qo‘shma gaplarni ajrating.
1. Uning fikri beqaror edi, dam u gapini gapirar, dam bunisini tasdiqlab turar,
hech bir to‘xtamga kela olmay, boshi garang. 2. Havo tez-tez o‘zgarib turar, dam
kuchli
shamol tursa, dam sharillab yomg‘ir yog‘ardi. 3. Ichkaridan goh o‘tin yorib
o‘choqka o‘t qalash harakatlari eshitilar, goh xotin kishining tovushi ham kelib turar
edi (A.Qodiriy). 4. Goh shamol o‘kirar, goh osmonning
bir burchida chaqmoq
charaqlab ketardi. 5. Uni goh Abusaid Mirzo huzuriga chaqirardi,
goh hazrat
Nizomiddin xomush xufiyalar yuborardi (O.Yoqubov). 6. Nuri goh sevinib,
shirin
xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosardi (Oybek). 7. Oltinoy goh qult-
qult yutinib, goh sal o‘pkasini bosib, bo‘lgan voqeani gapirib berdi. 8. Yo
qansharidan o‘q eb er tishlaydi, yo evini qilolsa abjirlik bilan ro‘para kelgan eshikka
o‘zini uradi.
Dostları ilə paylaş: