129
Misol:
Ko‘rsatma berildi-yu, ish boshlanib ketdi – Ko‘rsatma berildi va ish
boshlanib ketdi.
Keltirilgan misol ikki tasdiq gapdan tashkil topgan bo‘lib,
har ikki gap
biriktiruv bog‘lovchisi (va) vazifasidagi –yu yuklamasi orqali birikkan. Zidlov
munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga misol keltiramiz: Havo bulut bo‘ldi-yu,
yomg‘ir yog‘madi. – Havo bulut bo‘ldi, lekin yomg‘ir yog‘madi.
Keltirilgan
misoldan ko‘rinadiki, -yu yuklamasi tasdiq va inkor gap orasida qo‘llanib, zidlov
munosabatini bildirgan va shuning uchun ham zidlov bog‘lovchisi (lekin)
bilan
almashinib qo‘llana oladi.
Ayrim vaqtda yuklama va zidlov bog‘lovchilari birga kela olishi ham mumkin.
Misol: Mashrab bir ikki marta ko‘nglidagi bor gapni aytib yuborishga jazm qildi-yu,
lekin yuragi dov bermadi (O.Yoqubov).
Mashq.
Keltirilgan misollarning qanday turga kiradiganligini aniqlang. Undagi
biriktiruvchi vositalarni ajratib ko‘rsating.
1. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon. 2. Toshni maydalab
qumga aylantirish uchun bir lahza kifoya, lekin qum toshga aylanishi uchun ming yil
ham etmaydi. 3.
Aytish oson, lekin mone’likni bartaraf etmoq mahol. 4. Odamlar
oldida
uyalishing yaxshi fazilat, ammo bundan ham afzali o‘zing o‘zingdan
uyalishingdir (L.Tolstoy). 5. Oz yeyish badanga davodir har kez, Va lekin davoning
asosi parhez. 6. U birdan ketishga shaylandi, lekin shu damning o‘zida bu fikridan
qaytdi. 7. Qarshisidagi uyning
har ikki darchasi ham yopiq, ammo tirqishlaridan
sham yorug‘ligi ko‘rinar edi (A.Qodiriy). 8. Men ulug‘larga qarshi emasman, ammo
o‘z fikrlash salohiyatimizni ham ishga solishimiz kerak. 9. Saroy qop-qorong‘i, tinch
uyquda, ammo bu tinchlikni atrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarigina
buzar edi
(A.Qodiriy). 10. Dugonalar ish bilan band bo‘lishdi, lekin suhbat qovushmadi
(H.G‘ulom).
Dostları ilə paylaş: