va uyushgan
bo‘laklar tarkibida kelgan. Uchinchi va to‘rtinchi misollarda esa ikkitadan predikativ
markaz ishtirok etib, ular
va bog‘lovchisi orqali bog‘langan.
Mashq. Berilgan misollar orasidan biriktiruv bog‘lovchisi yoki
–u, -yu, -da yuklamalari ishtirokida bog‘langan qo‘shma gaplarni ajrating.
1. Ko‘p demak so‘zda mag‘rurlik, Va ko‘p emak nafsga mamurlik (A.Navoiy).
2. O‘zbek oyim gapirib turgan so‘zini yarim yo‘lda qoldirib, o‘rnidan turdi va
mehmonlar ham unga ergashdilar (A.Qodiriy). 3. Sakson etti yil olov oldida mehnat
qildim, to‘pponcha yasamadim, qilich yasamadim, pichoq yasamadim (S.Ahmad). 4.
Bu she’r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so‘z san’atkorligini va hayot hodisalarini
nihoyatda chuqur bilishini namoyish qilgan edi (S.Ahmad). 5. Qutidor Otabekdek bir
yigitni kuyov qilishi bilan tabrikladi va shu takallufsiz sovchilik ila umr savdosi
bitkan hisoblandi (A.Qodiriy). 6. Eshik ochildi-yu, Qalandarovning ozg‘in yuzi
ko‘rindi (A.Qahhor). 7. Jinoyatchi sudga keldi va o‘z aybiga iqror bo‘ldi. 8. Shu payt
Qosim aka pastida xurmo, anor va olma olib chiqdi (S.Ahmad) 9. Oyim dadamning
kayfiyatini buzmaslik uchun ko‘chada bo‘layotgan har xil gaplarni va mish-mishlarni
etkazmaslikka harakat qilardi (S.Ahmad).
Mashq. Misollarda tushirib qoldirilgan bog‘lovchi, yuklamalarni aniqlab, o‘z
o‘rniga qo‘ying va qanday gap ekanligini ayting.
1. Xurshida eshikdan kirib keldi ... Anvar unga nimadir demoqchi bo‘ldi. 2.
Dimog‘imga quruq beda, yalpiz va allaqanday gullarning taxir hidi urildi ... ajoyib
yoz oqshomlari esimga tushdi (O.Yoqubov). 3. Eshikning bir tavaqasi ochildi...
kimdir Olimjonni yoqasidan changallab uloqtirib yubordi. 4. Ubaydulla tushgan hovli
madrasaning qarshisida bo‘lgan ... u erda uning bobosi mudarrislik qilgan. 5.
Ubaydulla Chor hukumatining dushmani deb qaraldi ... bu gumon butun hukumatni
vahimaga solib qo‘ydi. 6. Odamlar G‘ayrat qildi... bu erlar obod bo‘ldi.