Tilshunoslik asoslari


Rus tili va u orqali Yevropa tillarining ta’siri



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə10/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

Rus tili va u orqali Yevropa tillarining ta’siri


Ma’lumki, rus tilining o‘zbek tiliga ta’siri fors-tojik, arab tillariga nisbatan ancha keyingi vaqtlarda sodir bo‘la boshlagan. Bu jarayon, asosan, XIX asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni O‘rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishidan e’tiboran boshlandi. Rus tilidan so‘z o‘zlashtirish leksema o‘zlashtirish usulining ikki turiga ko‘ra, birinchisi, o‘zicha, ya’ni leksemani hech qanday o‘zgarishsiz olish, ikkinchisi, kalkalab olish orqali amalga oshirildi. Dunyo tilshunosligida boshqa tillardan termin o‘zlashtirish masalasiga alohida e’tibor bilan qaraladi va u doimo tilshunos olimlarning diqqat markazida turibdi. Bu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalari e’lon qilinmoqda. Xususan, rus tilshunosi N.V Yushmanov ksenoleksika (yun. xenos - o‘zga, begona + yun. lexikos - so‘zga oid, lug‘aviy < lexis - so‘z, ibora, nutq o‘rami) haqida so‘z yuritib, boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirishni uch turga bo‘ladi: 1) ksenomaniya (yun. xenos - o‘zga, begona + yun. mania - aqldan ozganlik; mayl, intilish, hirs qo‘yish, ruju qilish) - o‘zlashmalarga ko‘proq e’tibor bilan qarash; 2) utilitarizm (lot. utilitasfoyda, manfaat) - almashtirish imkoni bo‘lmagan va foydali bo‘lgan o‘zlashmalarni tilda saqlab qolish; 3) purizm (fr. purisme < lat. purus – toza, sof: tilni o‘zga til elementlaridan tozalashga intilish) o‘z so‘zlari bilan almashtirish. Ko‘pgina tilshunoslar zamonaviy terminologlarni «utilitarist» bo‘lishlarini, ya’ni o‘zlashma termin haqida aql bilan ish ko‘rish va unga aniq baho berishni, bunda terminologiyaning eng asosiy tamoyili bo‘lgan sistemalilikka qat’iy amal qilishni tavsiya etadilar (Superanskaya A.V. i dr. Obshaya terminologiya: Voprosi teorii. – M.: Kniga, 1989. – S. 213). Bizningcha, dunyo taraqqiyotida sodir bo‘layotgan tez o‘zgarishlar davrida bu tamoyilga amal qilish faqat foydadan xoli emas. Buni hozirda dunyoning ko‘pgina tillaridagi aynan o‘zlashgan so‘zlar miqdori ham tasdiqlab turibdi. Ayni shunday holatni turkiy tillar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, turk tilshunosi professor Ґamza Zulfiqorning yozishicha, so‘nggi yillarda fan-texnika sohasida sodir bo‘lgan «keskin taraqqiyot natijasida Evropa tillaridan juda ko‘plab leksik birliklar turk tiliga oqib kelmoqda. Shunga iqror bo‘lishimiz kerakki, o‘z tilimizda yasalgan terminlardan ko‘ra boshqa tillardan olingan so‘z va terminlar miqdori anchagina ko‘pdir. Umuman, terminlar masalasi barcha taraqqiy etgan davlatlarda ham muammo bo‘lib turibdi. G‘arb xalqlari termin yaratishda o‘lik til holiga kelib qolgan lotin va yunon tillari elementlaridan hamda o‘z tillari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Maxsus muassasalar hozir ham termin yaratish ishi bilan jiddiy shug‘ullanmoqdalar. Bizdagi holat tamoman boshqacha. Biz ular tayyorlab bergan so‘z va terminlarni aynan olish yo‘lidan boryapmiz» (Hamza Zulfikar. Terim Sorunlari ve Terim Yapma Yollari. – Ankara: Turk Dil Kurumu Yayinlari, 1991. –S.153). Bunday holatni dunyoning ko‘plab tillarida ham kuzatish mumkin. Demak, rus tili yoki Evropa tillaridan aynan termin o‘zlashtirish birgina o‘zbek tili uchun emas, balki dunyoning ko‘pgina tillariga xos bo‘lgan xususiyatdir. Zotan, tillar o‘zaro aloqa qilmasdan taraqqiy eta olmaydi.
O‘zbek kitobatchilik terminologiyasida rus tili va u orqali Evropa tillaridan aynan o‘zlashtirilgan terminlar miqdori salmoqlidir. Quyida ularni so‘z o‘zlashtirish usullarining turlariga ko‘ra alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin