To’qima haqida ma’lumot



Yüklə 186 Kb.
səhifə5/5
tarix15.11.2023
ölçüsü186 Kb.
#132579
1   2   3   4   5
TO’QIMA HAQIDA MA’LUMOT

Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida, kichik bronxlarda uchraydi. Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib, uning markazny qismida joylashadi.

2- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan.
0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi.



3-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak preparati. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10.
1-siydik yig`uv naychasining ko`ndalang kesmasi; 2- kubsimon epiteliy hujayralari 3- yadro; 4-biriktiruvchi to`qima.
Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar ko`rinadi. Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak bo`lib, u barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini kengaytiradi.
Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy asosan hazm qilish, siydik ajratish va tanosil organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti bezining chiqaruv naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi.
Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan baland prizmatik shakldagi hujayralardan tashkil topgan. Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq sekret ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi. Ichak epiteliysida ayrim hujayralar shilliq sekret ishlaydi. Ular sekret bilan to`lgan vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa ingichka bo`lib qoladi va natijada qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar qadahsimon hujayralar deb ataladi. Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab chiqargan shilliq moddasida kislotali va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular hujayralarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan saqlaydi.
Ichak epiteliysida so`rish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy mikroskop orqali kuzatilganda prizmatik hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on ichak, o`t pufagi) jiyak bilan qoplanganligini ko`rish mumkin. Shuning uchun ham bunday epiteliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy deb yuritiladi. Elektron mikroskop yordamida jiyak barmoqsimon o’simtalardan – mikrovorsinkalardan tashkil topganligi aniqlangan.


Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin