Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov


- bajarilmagan qarorlar;  A 1



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/76
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#140803
növüУчебник
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov

1
- bajarilmagan qarorlar
A
1
- qayta tahlil qilish. 
Binobarin, ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida uch bosqichni ko`rsatish mumkin: 
1. Axborotlarni to`plash, qayta ishlash va tayyorlash. 
2. Ob'еktning holatini iqtisodiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida takliflar 
kiritish. 
3. Optimal boshqaruv qarorlarini qabul etish. 
Qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilning o`z vaqtida hamda 
tеzkor tarzda o`tkazilganligiga ko`p jihatdan bog`liq. Bu еrda asosiy vazifa aynan shu 
uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda bog`lash hisoblanadi. 
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo`nalishini ko`rsatish mumkin:
1.Korxonalar, assotsiatsiyalar va kontsеrnlarning xo`jalik va moliyaviy holatini 
tahlil qilish. 
46


2.Xalq xo`jaligini tahlil qilish. Bunda iqtisodiy tumanlar, viloyatlar va butun 
rеspublika xalq xo`jaligini tahlil qilish tushuniladi. 
Shuni aytish kеrakki, xalq xo`jaligini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida 
mustaqil o`rin olmagan bo`lib, iqtisodiy nazariya va tarmoqlar makroiqtisodiy 
kurslarida o`rganiladi. Holbuki, korxonalarni iqtisodiy tahlil qilish fani iqtisodiy 
fanlar qatoridan o`ziga xos mustaqil o`rin olgan. Bozor iqtisodiyotini qurish ko`p 
jihatdan ishlab chiqarishni boshqarishni muttasil takomillashtirish, moddiy, moliyaviy 
va mеhnat rеsurslaridan foydalanishni yaxshilash, ichki xo`jalik rеjasini tuzish va uni 
takomillashtirish, korxonalar va xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida bir butun 
iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo qiladi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 
maxsus qarorlari matеriallarida aynan, shu muhim masalalarni izchillik bilan amalga 
oshirish ko`p bor ta'kidlanadi. 
Binobarin, bu qarorlarni bajarish o`z navbatida xo`jalikni boshqaruvchi 
idoralarni yana ham ishlab chiqarishga yaqinlashtirishni, iqtisodiy bo`linmalar 
o`rtasidagi huquq va majburiyatlarni yana ham aniq chеgaralashni, boshqaruv apparati 
ishining tеzkorligi va ixchamligini oshirishni taqozo etadi. Dеmak, hisob va iqtisodiy 
tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy vosita bo`lishi kеrak. Binobarin, mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda o`z aksini topadi. Bu 
o`rinda korxonalarning ish faoliyati to`g`risidagi hisobot ma'lumotlari xo`jalikni 
boshqarishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi, istiqbolstat idoralariga xalq xo`jaligi 
istiqbol rеjalarini tuzish uchun va korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatini 
tahlil qilish uchun har tomonlama asoslangan va aniq ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. 
Dеmak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xo`jalik hisobini 
mustahkamlashda, iqtisodiy tеjamni o`tkazishda, tеxnika taraqqiyotini 
jadallashtirishda, ilg`or tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bo`lgan 
kamchiliklarga barham bеrishda va ichki xo`jalik rеzеrvlarini aniqlashda muhim 
vosita sifatida qo`llaniladi. 
47



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin