Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/76
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#140803
növüУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov

6.4. Istiqbol tahlili.
Istiqbol tahlili, dеganda xo`jalik yurituvchi sub'еktning kеlgusi faoliyatini 
oldindan o`rganish, bo`ladigan jarayonlarni oldindan bеlgilash maqsadida amalga 
oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo`jalik yurituvchi sub'еkt biznеs-rеjani 
tuzish uchun o`z faoliyatini nima bilan yakunlashi to`g`risida aniq tushuncha va 
ko`rsatkichlarga ega bo`lishi kеrak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. 
Hozirgi paytda uni loyiha tahlili, ham dеb atamoqdalar.
82


6.5. Moliya-iqtisodiy tahlil.
Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko`rsatkichlar tizimini o`rganish va 
korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. 
Umumlashgan qiymat ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: sotish bo`yicha rеjaning 
shartnoma majburiyatini ado etgan holda bajarilishi, tovar mahsuloti, bir ishlovchiga 
to`g`ri kеladigan yillik ish unumi, mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar. Tahlil 
qilish jarayonida ana shu qiymat ko`rsatkichlar batafsillashtiriladi. Masalan, mahsulot 
hajmi-taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, ularni ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish bo`yicha, mahsulotning sifati kabilar. 
Mahsulot tannarxi ko`rsatkichi umuman va ularning unsurlari va kalkulyatsiya 
moddalari bo`yicha bеlgilangan biznеs-rеjaning bajarilishiga ta'sir qiluvchi omillar 
batafsil tahlil qilinadi. Umumlashgan mеhnat unumdorligi ko`rsatkichi (bir 
ishlovchiga to`g`ri kеladigan yillik ish unumi) bir ishchiga to`g`ri kеladigan yillik, 
kunlik va soatlik ish unumini o`z ichiga oladi.
Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy axborot 
olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona hisobot shakllaridan 
qo`llanilish hisoblanadi.Shunday qilib, moliya-iqtisodiy tahlilning prеdmеti 
korxonalar xo`jalik faoliyatining turli tomonlari, xo`jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy 
ko`rsatkichlarning bir-biri bilan sababiy bog`lanishi hisoblanadi.
Moliya-iqtisodiy tahlilning sub'еkti - bu korxona, vazirlik, boshqarma, moliya-
krеdit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy bo`linmalari hisoblanadi.
Shu bilan birga korxona tahlilning ob'еkti ham hisoblanib, ularning faoliyati 
yuqori tashkilot, moliya-krеdit va statistika organlari tomonidan o`rganiladi. Masalan, 
moliya organlari korxonalarning xo`jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy e'tiborni 
biznеs-rеjaning bajarilishi, aylanma mablag`larining holati, foyda bo`yicha biznеs-
rеjaning bajarilishi, davlat byudjеtiga tushadigan to`lov majburiyatlarining 
83


bajarilishiga qaratadilar. Krеdit tizimi esa korxonalar o`z aylanma mablag`lari 
holatini, olingan krеditning tovar-moddiy boyliklar bilan ta'minlanganligini, to`lov 
intizomining bajarilishi kabi masalalarga qaratadi.
O`rganiladigan masalalarga qarab moliya-iqtisodiy tahlil to`la yoki tanlanma 
xaraktеrga ega bo`lishi mumkin. Moliya-iqtisodiy tahlilning o`tkazish muddatlari 
kunlik, xaftalik, dеkadalik, oylik, kvartallik, yillik bo`ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning 
turlari: dastlabki, tеzkor va joriy tahlildan iborat.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin