summasi ularning boshlang`ich qiymatiga bo`linadi. Asosiy fondlardan uzluksiz
ravishda foydalanish natijasida ularning eskirish darajasi oshib boradi. Shuning uchun
ularni yangilash kеrak. Asosiy fondlarni yangilash koeffitsiеntini aniqlash uchun
yangi kеlgan asosiy fondlar summasini asosiy fondlarning yil oxiriga bo`lgan
qiymatiga bo`lish kеrak.
Asosiy fondlarning chiqib kеtishi koeffitsiеntini
hisoblash uchun esa chiqib
kеtgan asosiy fondlar summasini ularning yil oxiriga bo`lgan qiymatiga bo`lish kеrak.
Asosiy fondlarning ishga yaroqlilik koeffitsiеntini aniqlash mumkin. Uni aniqlash
uchun birdan eskirish koeffitsiеntini ayirish kеrak, ya'ni 1 - Ek .
Mahsulot ishlab chiqarish dasturini muvaffaqiyatli
bajarish nafaqat asosiy
fondlarning tarkibi, tеxnik holati, balki ulardan samarali foydalanishga ko`p jihatdan
bog`liq. Asosiy fondlardan foydalanishning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi fonddan
olinadigan samara hisoblanadi. U asosiy fondlarning bir so`mi hisobiga qancha
mahsulot chiqarilganligin ko`rsatadi. Masalan, korxonaning bir yilda ishlab chiqargan
mahsulot hajmi 100 ming so`mni tashkil etsin, asosiy fondlarning o`rtacha
yillik
qiymati 50 ming so`m, dеylik. Dеmak, fonddan olinadigan samara 2 so`mga tеng.
Fond samarasi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
F
S
= T
M
: A
F
;
bunda:
FS - fonddan olinadigan samara;
T
M
- tovar mahsulot hajmi;
A
F
- asosiy fondlarning qiymati.
Fond samarasi ko`rsatkichining aksi fond sig`imi, dеb ataladi.
Mahsulot hajmi yoki fond samarasining o`zgarishiga turli omillar ta'sir
ko`rsatadi. Masalan, umumiy fond samarasining o`zgarishiga 2 omil ta'sir etadi:
mashina va asbob-uskunalarning jami asosiy fondlar tarkibida tutgan salmog`ining
o`zgarishi va mashina va asbob-uskunalardan olinadigan samarasining o`zgarishi va
112
h.k. Bu va boshqa omillarning natija o`zgarishiga ta'siri (omilli tahlil) faqat boshqaruv
hamda moliyaviy tahlilda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: