Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


 Yetuklik bosqichida boʻlgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi



Yüklə 271,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.01.2023
ölçüsü271,69 Kb.
#122487
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish

3. Yetuklik bosqichida boʻlgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi 
Yangi tarmoqlarning tez surʼatlar bilan oʻsishi uzoq davom etmaydi. Yetuklik 
bosqichiga oʻtish davrida, tarmoqning raqobat muhitida sezilarli oʻzgarishlar sodir 
boʻladi. 
Bular quyidagilar: 
1. Iste’mol talabining pasayishi tarmoqning bozordagi ulushini saqlab qolish 
uchun kuchli raqobatni yuzaga keltiradi. 


52 
2. Mijozlar injiqroq boʻlib boradilar va takroriy haridlarida katta foyda talab 
qiladilar. 
3. Raqobat koʻp hollarda xarajatlarga va xizmat koʻrsatish darajasiga katta 
ta’sir koʻrsatadi. 
4. Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishda jiddiy muammolar paydo 
boʻladi. 
5. Innovatsion jarayon va tovarlarni qoʻllashning yangi usullarini izlash 
qiyinlashadi. 
6. Xalqaro raqobat kuchayadi. 
7. Tarmoqning daromadliligi pasayadi. 
8. Raqobatning kuchayishi avvalgi raqobatchilarning bir-birga qoʻshilib 
ketishlariga va bir-birlarini «yutib» yuborishlariga olib keladi. 
Yetuklik bosqichi rivojlanib borgan sari firmalar oʻzlarining strategik 
harakatlarini raqobatchilar orasida pozitsiyalarini mustahkamlashga yoʻnaltiradilar. 
Bunda ular quyidagi vositalardan foydalanadilar: 
• Parametrik qatorlarini qisqartirish. 
• Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilishga eʼtiborni qaratish. 
• Xarajatlarni kamaytirishga eʼtiborni kuchaytirish. 
• Mavjud xaridorlarga sotuvni oshirish. 
• Raqobatchi firmalarni past baholarda sotib olish. 
• Xalqaro bozorga chiqish. 
4. Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya 
Koʻpgina firmalar sanoatga nisbatan oʻsish past boʻlgan tarmoqlarda ish olib 
boradilar. 
Bunday firma yoki kompaniyalar davom etayotgan turgunlikning aniq 
voqeʼligini tan olishlari va bozorning mavjud imkoniyatlariga mos keladigan 
maqsadlarni ifodalashga oʻz kuchlarini sarflashlari kerak boʻladi. 
Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi tarmoqlarda muvaffaqiyatga 
erishgan kompaniyalar asosan quyidagi strategiyalarga amal qiladilar: 
1. Oʻsuvchi bozor segmentlarini aniqlab, mos strategiya yaratish va ishlab 
chiqish yoʻli bilan fokuslash strategiyasi tomon yoʻl tutish. 
2. Sifatni yaxshilash va innovatsiya asosida differensiyalash tomon yoʻl tutish. 
3. Xarajatlar darajasini pasaytirish uchun zoʻr berib va uzilishlarsiz ishlash. 
Odatda sanab oʻtilgan uchta strategiyaning bittasidan foydalanish talab etiladi. 
Lekin ular bir-birini inkor etmaydilar. Unumdorlikning oʻsishi baholarni 
pasaytirish imkonini beradi, bu uz navbatida sotuv hajmini oʻsishiga olib keladi. 

Yüklə 271,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin