Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 271,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix24.01.2023
ölçüsü271,69 Kb.
#122487
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish

 



KIRISH 
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. 
Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy 
faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes sub’ektlari tashqi muhit 
omillariga qarshi oʻzlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga 
ega boʻladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va 
rivojlanishini uning tashqi muhitidagi oʻzgarishlaming oʻz vaqtida hisobga olinishi 
va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi. Bugungi kunda 
strategiyalar koʻplab shakl va turlarga ega boʻlib, talabalar ular toʻgʻrisida aniq va 
maqsadli yoʻnalgan bilimga ega boʻlishlari kerak. Strategiyalarning har qanday 
biznes faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻlganligi ularni ilmiy va nazariy 
asoslarini puxta egallashni talab qiladi. Chunki, boʻlajak mutaxassislar bunday 
asoslarni yetarli darajada egallamay turib, strategiyalarni ishlab chiqish va amalda 
qoʻllash boʻyicha muhim qarorlarni qabul qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch 
kelishadi. 
Strategik boshqaruv - korxona va tashkilotlarda strategik jarayonni 
shakllantirish, boshqarish va tahlil qilish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini 
tahlil qilish va boshqarish, korxonalardagi resurslarni boshqarish, korxona va 
tashkilotlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda strategik nuqtai-nazarlardan 
kelib chiqqan holda yondashish, korporativ va biznes strategiyalarni ishlab chiqish 
va rivojlantirish, korxona va tashkilotlarning strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini 
ta’minlash, korxona va tashkilotlarda strategik oʻzgarishlarni boshqarish, strategik 
pozitsiyalanishni rivojlantirish hamda strategik restrukturizatsiyalash masalalarini 
oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Strategik boshqaruv fani korxona va 
tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda oʻz maqsadlarga erishish quroli sifatida 
qarashga alohida e’tibor beradi.


50 

Yüklə 271,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin