Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish. Mundarija: Kirish



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə1/4
tarix08.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#124979
  1   2   3   4
Boshlang\'ich ifodali o\'qish.



Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish.

Mundarija:
Kirish.

  1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish.

  2. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish.

  3. O‘qish darslarining maqsadi va vazifalari.

  4. Boshlang’ich sinflarda o’qish malakalarini rivojlantirish.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. “Aynan talim va marifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka davat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bolishga undaydi.” Ozbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Bu, avvalambor, talim va marifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bolgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yonaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bogliq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz talimtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida etibor va gamxorlik korsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yonalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlarbizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda Ozbekiston RespublikasiningYoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda oz samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, sanat, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bagishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni organish, ozlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bolmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali organishlari, koproq kitob oqishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuniKitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targibot qilish boyicha komissiya tuzish togrisidagi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi.
Ozbek xalqining boy madaniy merosi bolmish xalq ogzaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan manaviy-marifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu orinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida oquvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur. Sinfdan tashqari oqish darslariga tolaqonli dars sifatida qaralib, otilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar otkazish, asarni tahlil qilish, goyasini ochib berish,
qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, dostlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik goyalarini oquvchilar ongiga singdirib borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi.


Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish.
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida yuzdan ortiq shoirlarning ko’plab xilma-xil mavzulardagi she’rlari berilga. Albatta, ularning har biridan ulug’ maqsadlar ko’zlangan. Chunki sh’er ham, avvalo, badiiy adabiyotdir. Adabiyotni o’z mohiyatiga ko’ra jo’shqin daryoga qiyos qilsa bo’ladi. Daryo suvlaridan dalalar, dov-daraxtlar gullab-yashnasa, adabiyot inson qalbiga ezgulik urug’ini sepadi, uni hayotda to’g’ri yashashga, ulug’ maqsadlar yo’lida kurashishga o’rgatadi. Daryo irmoqlardan vujudga keladi. Adabiyotimiz irmoqlari esa adiblarimiz yaratgan asarlardan iborat. Daryolarning sersuvligi, hayqirib oqishi irmoqlar suviga bog’liq bo’lgani singari, adabiyotning jo’shqinligi, kurashchanligi – hayotda tutgan o’rni undagi asarlarning sifatiga qarab belgilanadi1. Shunga ko’ra adabiyot ta’limi o‘z oldiga bir qator maqsadlarni qo‘yadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi adabiy ta’lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma’naviyaxloqiy yo‘nalishlar ustuvorligini ko‘zda tutadi. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: · o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, milliy va jahon adabiyotining eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan rag‘bat, mehr va muhabbat uyg‘otish; · ularni fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash; · ularning boy ma’naviy dunyosini shakllantirish; · badiiy asar va uning poetik xususiyatlarini o‘rganish asosida o‘quvchida tanqidiy fikrlashga oid ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; · ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji uchun imkoniyat yaratish; · ularda har qanday ma’naviy xurujlarga nisbatan sog‘lom va baquvvat e’tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish; · so‘z san’ati vositasida o‘quvchining individual va shaxslik fazilatlarini rivojlantirish. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda bola tarbiyasi asosiy masala qilib qo’yilgan. Bolalar tarbiyasi asosan otaonalar va tarbiyachilar tomonidan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqindan yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalab o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar.
Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti o’z oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun beriladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur. Yuqorida ta’kidlangan fikrlarga hamohang g’oya, maqsad va tushuncha «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» Qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim tizimida farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida “Talim to’g’risida” gi Qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’limning har bir bosqichida islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 2004-yil esa Respublikamizda maktab ta’limini rivojlantirish bo’yicha muhim xujjatlar qabul qilingan yil sifatida yodimizda qoldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish. “Davlat Umummilliy Dasturi to’g’risi” dagi farmoni va ushbu farmon asosida qabul qilingan qarorlarida maktablarimizning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda uzluksiz ta’limining yagona tizimini shakllantirish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bugun ushbu farmon talablarini bajarish bo’yicha joylarda keng ko’lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Ta’lim tizimi islohotiga doir chiqarilgan farmon va qarorlar xalq ta’limi hodimlari, jumladan boshlang’ich ta’lim mutahassislariga ham ma’sulyatli vazifalarni yukladi. Boshlang`ich ta`limni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim fanlari orqali o’quvchilarning umuminsoniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi2. Ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini dunyo qarashini, o’z-o’zini anglash, jismoniy sog’lom bo’lishga, milliy urf-odatlarni o’zida singdirishga, mamlakatimiz boyliklarini ko’z-qorachig’iday asrashga, tabiatga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
O`quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o`qishga havas qo`yishi savodli o`qishi, dastlabki amallarni to`g`ri bajarishga o`rgatishi kerak O`qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga oshiriladi., lekin o`qishga o`rgatish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta`limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish usullarini qo`llagan holda yuqori samaraga erishish bugungi kunning oldidagi dolzarb vazifalaridan biridir. O`quvchilarni qiziqarli topshiriqlar asosida o`qitish o`qishga o`yin tusini beradi. Bola o`ynab charchamaganidek, o`qib charchaganini sezmaydi. O`qishga qiziqmaydigan, darslarga kelib-kelmaydigan o`quvchilar ham o`yinga qiziqadi. Darslarda turli o`yin mashg`ulotlarini tashkil etish bu o`quvchilarda ham qiziqish uyg`otadi.
O`quv materiali hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o`qishni tashkil etish, bolani o`qish mashg`ulotidan bezdiradi. Natijada o`quvcilarda bo`sh o`zlashtirush va ulgirmovcilik sabablari yuzaga keladi. O`qish fanlaridan bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun nimalarga alohida e`tibor qaratish lozim?
-Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnalogiyalar, noan`anaviy usullardan keng qo`llash;
-Ko`rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish;
-O`quvchilarga do`stona munosabatda bo`lish;
-O`qish sifati va samaradorligiga e`tibor berish;
-O`quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga orgatishda turli mashqlardan foydalanish;
-Nutq o`stirishga alohida e`tibor qaratish;
-Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish;
-Lug`at ustuda ishlashga o`rgatish;
-Xalq og`zaki ijodidan foydalanish;
-“She`riyat gulshani”, “Ifodali o`qish” kabi to`garaklar tashkil etish;
-Bo`sh vaqtlarda ulgurmovchi o`quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib borish;
- Fanlar a`robogjiqlikka ahamiyat berish. O`quvchilar bilishini nazorat qilib borishda albatta past o`zlashtirgan o`quvchiga alohida e`tibor qaratish lozim3.

O ‘qish darslarining maqsadi va vazifalari.
O’qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy - tarbiyaviy ahamiyati. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. SHuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi. SHu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog’i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlari to’ldiradi va boyitadi4. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
SHuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.


Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin