29
mualliflarining
fikriga
ko’ra to’lovlarning
yuqoridagi tartibi ishlab
chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan manfaatdorligini susaytirmaydi va bir
vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan
manfaatdorligini susaytirmaydi va bir vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab
chiqaruvchilarning real imkoniyatlariga muvofiq taqsimlanishini ta’minlaydi. Bu
ayniqsa, sanoatning tabiatni ekplutatsiya qiluvchi
tarmoqlari uchun muhimdir,
chunki ularning ish sharoitlari alohida-alohidadir. Qat’iylashtirilgan to’lovlar
tizimidan foydalanish soliqqa tortishning renta shakliga o’tishga asos yaratadi. Bu
holda byudjetning ehtiyojlari asosan tabiiy resurslarning rentasi hisobidan
qondiriladi va u iqtisodiyot foydasining asosiy qismini tashkil qiladi.
Shunday qilib, bu kontseptsiyaga ko’ra soliq tizimini transformatsiyalash
qisqacha quyidagi tarzda amalga oshiriladi: qo’shilgan qiymat
bekor qilgan holda
foydani soliqqa tortishni kuchaytirish, so’ng foyda solig’idan foydadan olinadigan
qat’iy to’lovlarga o’tish va nihoyat soliqlar og’irligining markazini resurs
soliqlariga o’tkazish. Bu narsalar, oqibat natijada, soliqlarning keskin kamayishiga
va sanoatning qayta ishlovchi ayrim ustuvor tarmoqlarida esa ularning bekor
qilinishiga olib kelar edi. Bularning natijasida esa sanoat
mahsulotlarining bahosi
pasayadi, raqobot bardoshlik ortadi, ta’minot bozorlari kengayadi. Shuni ta’kidlash
joizki, soliq tizimining bu zamonaviy kontseptsiyasi ham, shubhasiz, hozirga
nisbatan katta qiziqish uyg’otadi. Yakuniy natijalar bo’yicha chiqarilgan xulosalar
ham o’ziga xosdir. Biroq tabiiy resurslardan renta va boshqa to’lovlar ko’rinishida
olinadigan soliqlar baribir mahsulot
bahosining tarkibiga kirishini, shu jumladan,
sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlari uchun ham,(chunki bu tarmoq xom ashyoni
qazib chiqaruvchi tarmoqlardan asosiy soliq to’lovchilardan) olinishini esdan
chiqarmaslik lozim. Sanoatning qayta ishlovchi tarmog’i barcha tabiiy resurslardan
foydalanadi. Soliq og’irligining markazini o’zgarishi
natijasida ularning
qimmatlashuvi sodir bo’ladi va bu narsa mahsulot tannarxining tarkibiga kiradi
hamda qo’shilgan qiymat solig’ining bekor qilinganligini kompensatsiya qiladi.
Shuning uchun ham har holda masalaga yuqoridagi tartibda yondashish har
tomonlama hisob kitob qilishni va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan
barcha
30
oqibatlarni oldindan tahlil qilishni taqazo etadi. Shu o’rinda soliq tizimida sodir
etilishi lozim bo’lgan yangiliklarning oqibatlarini oldindan aytib berishning juda
mushkul ekanligini ta’kidlab o’tishimiz lozim.
Xuddi shuningdek, ularning
iqtisodiyotga ta’siri ham kutilmagan holda bo’ladi. Buning xuddi shunday
ekanligini qadim zomonlardan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixning o’zi uzil kesil
tasdiqlab turibdi. Shunday qilib soliq tizimining zamonaviy kontseptsiyalari oldida
bir necha murakkab vazifalar turganiga qaramasdan
ularning eng asosiy soliq
tizimining qaysi yo’ldan rivojlanishini aniqlash ekanligini ta’kidlab o’tmog’imiz
lozim. Demak, amaldagi soliq tizimini takomillashtirish, ularni O’zbekiston
iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda jahon
amaliyotiga yaqinlashtirish kerak.
Dostları ilə paylaş: