AQSh federal byudjeti daromadlari tarkibi
18
41%
34%
10%
3%
8%
4%
Жисмоний шахсларнинг
даромад солиғи
Ижтимоий суғурта солиғи
Корпорация фойдасига солиқ
Акциз йиғимлари
Қарз маблағлар
Бошқа даромадлар
AQSh federal byudjet soliqlari tarkibida, asosan, bevosita (to’g’ri) soliqlar
hissasi ko’proqdir. O’zbekiston va AQShning byudjet-soliq siyosati o’rtasidagi
o’xshashlik jihati har ikkala byudjetga ham muhim ahamiyatga molik bo’lgan
soliqlar yo’naltiriladi. Farqli jihati esa O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida
hozirgi kunda bevosita (egri) soliqlar hissasi ko’proq, shu sababli bevosita (egri)
soliqlar ham umumdavlat soliqlarida muhim ahamiyatga ega, AQSh federal
byudjetida esa bevosita (egri) soliqlar deyarli yo’q, chunki mamlakat byudjetida bevosita
(egri) soliqlarning hissasi kam.
AQShda korporatsiya soliqlari federal byudjetdan tashqari shtat soliqlari
tarkibiga ham kiritiladi. Hozir bu soliqning stavkasi – 34%, respublikamizda esa –
12% .
52
Jahonning iqtisodiy rivojlangan davlatlari qatoriga kiruvchi Germaniyada
byudjet-soliq siyosatining samarali mexanizmi yaratilgan. Germaniya byudjeti
daromad va harajatlari ma’muriy boshqaruvning uch darajasini o’z ichiga oladi:
1. Markaziy byudjet (Federal byudjet);
2. Regional byudjet;
3. Mahalliy byudjetlar.
1974 yildan boshlab davlat byudjetiga ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot
fondlari ham kiritilgan.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Germaniyada soliqqa tortish tizimi
federatsiyalar, erlar va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Byudjet xo’jaligini mustaqil
yuritish tamoyillari umumdavlat va erlarning manfaatlarini ko’zlagan holda olib
borildi. Natijada hozirgi kunda Germaniya Respublikasida soliq tizimida 40 dan
ortiq soliq turlari mavjud.
Germaniyada soliqlar federatsiya, er, qo’shma (federal va erlar bilan
birgalikda), munitsipial, jamoa va cherkov soliqlariga bo’linadi. qo’shma soliqlar
Germaniya davlat byudjetining o’ziga xosligini namoyon etadi. quyidagi jadvalda
qo’shma soliqlarning taqsimlanishi keltirilgan:
Germaniya Respublikasida byudjetning markazlashmaganligi markaziy byudjet
vositalari mablag’larini qayta taqsimlanishi bilan emas, balki byudjet daromadlari
manbalarining qonuniy biriktirilib qo’yilishi bilan amalga oshiradi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, Germaniyada har bir soliq bo’yicha deyarli
alohida me’yoriy hujjatlar mavjud. Bu mamlakatda jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i bevosita (to’g’ri) soliqlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Soliqqa
tortish ob’ekti bo’lib, ish haqi, erkin kasb daromadlari, gonorarlar, kapital daromadlari,
banklar jamg’armalaridagi foizlar, ijara haqi, xususiy ish faoliyatidan olinadigan
daromadlar va boshqalar kiradi.
Germaniyada kapitaldan olinadigan daromad solig’i jismoniy shaxslardan olinib,
dividendlar va foizlarga nisbatan hisoblanadi. Byudjetdagi jami daromadlarda ushbu
soliqning salmog’i 2-3%ni tashkil etadi.
18
O’zbekiston Respublikasi. Moliya vazirligining statistik materiallari
53
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |