7.3-rasm. Oraliq qurilmani shprengelli konstruksiyalar bilan kuchaytirish:
a - armaturali sterjenlardan shprengellar; b - xuddi shunday tutam qilib yig„ilgan (po„lat
tros va kabellar) yuqori mustahkamli sim; d - shprengelli qurilma; 1 - shprengel; 2 – po’lat list;
3 - vertikaliga payvandlangan gorizontal po„lat list; 4 – dyubel; 5 – ankerli; 6 - hovon;
7 - fiksator; 8 - ushlab turuvchi shveller (№ 10–12); 9 - biriktiruvchi mufta
Shprengelli tortgichlarni qurish bo„yicha asosiy ishlar quyidagilardan tashkil topgan:
po’lat listlarni dyubel yoki boltlar bilan bosh to’singa mahkamlash;
to’sin tayanch oldi kesimlarida ankerli tirgaklarni qurish;
diafragma (ushlab turuvchi shveller) larni qurish;
shprengelli tortgirlarni qurish;
shprengelli tortgichlarni domkratlar yordamida hisobiy kuchga tortish;
tirgaklarda ankerlarni qurish;
shprengelli tortgichlarni germetiklash.
Oraliq qurilmalarni to„sinlar tizimini o’zgartirish orqali kuchaytirish. Oraliq qurilmalarning yuk ko’taruvchanligini ancha oshirish zarurati tug’ilganda ham oddiy, ham oldindan zo’riqtirilgan shprengellarni qurish maqsadga muvofiq. Kuchaytirishning mazkur usuli shu bilan xarakterlanadiki, qoidaga ko’ra, u poyezdlarning uzliksiz harakatida bajariladi (7.4-rasm)
7.4-rasm. Oraliq qurilma bosh to’sinlarini shprengellar yordamida kuchaytirish:
a - kuchaytirish sxemasi; b - A tugun (uzel) (shprengelni to’singa mahkamlash)
Oraliq qurilmalarni oldindan zo’riqtirilgan shprengellar bilan kuchaytirishda dumaloq kesimli sterjenlar ko’rinishidagi yuqori mustahkamli po’lat, hamda boshqa prokatli profillarni qo’llash samarali. Oldindan zo’riqtirilgan shprengellarda (belbog’lar uchun) korroziyadan ishonchli himoyalanganda yuqori mustahkamli simdan tayyorlangan tros va tutamlarni qo’llash imkoniyati mavjud.
Oldindan zo’riqish domkrat, polispast (yuk ko’taruvchi mexanizm), vintli moslama va b. lar yordamida hosil qilinadi (7.4-rasm) [1]. Shprengelli tortgichni oraliq qurilma bosh to’sini bilan biriktirishni tirgak va diafragmalar yordamida amalga oshirishga ruxsat etiladi (7.5-rasm)
7.5-rasm. Shprengelni oraliq qurilma bosh to„siniga mahkamlash tafsiloti: a – o„q bo„ylab ko„rinish; b - (tirgakning) A tuguni; v - 1-1 bo„yicha ko„ndalang kesim; 1 - oraliq qurilma
to„sinining vertikal listi; 2 - gorizontal listi; 3 - to„sin ostki belbog„ini mahkamlash burchakligi; 4 - tirgakning vertikal devori; 5 - tirgakning gorizontal listi; 6 – bikirlik qovurg„asi; 7 - tortgich; 8 - yuqori mustahkamli boltlar (Ст 40X,дб 22–24 mm);
9 - payvandli chok; 10 - ikki rezbali mufta; 11 -– diafragma
Oraliq qurilmalarni qiya uzatmalar qurish bilan kuchaytirish. Amaliyotda temirbetonli oraliq qurilmalarni kuchaytirish har xil po„lat elementlarni (listli yoki prokatli (chig’irlangan)) qo„shish orqali ko’proq amalga oshirilmoqda. Bosh to’sinni kuchaytirishning variantlaridan biri cho’zilgan zonada po’lat halqa va tayanch oldi uchastkalarda qiya uzatmalar bilan kuchaytirish hisoblanadi. Bu yechimlarda tashqi armaturalash prinsipidan foydalanishadi, u xususan ekspluatatsiya qilinayotgan ko„priklarni kuchaytirishda qo„llanadi (7.6-rasm).
7.6-rasm. Temirbetonli bosh to„sinni tayanch oldi qismida qiya uzatmalar bilan kuchaytirish sxemasi: a - o„q bo„ylab ko„rinish; b - to„sinning ko„ndalang kesimi; 1 - bolt;
2 – plastinkalar; 3 - qiya uzatmalar; 4 - tirgaklar; 5 - shveller (qobiq); 6 - polimerli rastvor
Temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish bo’yicha ishlar ekspluatatsiya qilnayotgan inshootlarda amalga oshirishini e’tiborga olsak, qoidaga ko’ra, poyezdlar harakatida tanaffussiz, ularga xavfsizlik va ishlarning yuqori sifatini kafolatlaydigan ancha jiddiy talablar qo’yiladi .
Oraliq qurilmalarni tutib turuvchi konstruksiyalar yordamida kuchaytirish. Temirbetonli oraliq qurilmalarning nuqsonli konsollarini kuchaytirish uchun har xil tutib turuvchi konstruksiyalar qo’llaniladi (7.7-rasm) .
7.7-rasm. Ko’tarma konsollari bilan temirbeton oraliq qurilmani kuchaytirish uchun tutib turuvchi to’sin qurish: 1 – ko’tarma konsol; 2 - sharnir; 3 – gayka, shayba va qistirma
(prokladka) lari bilan boltlar komplekti; 4 - konsolning qo’zg’almas qismi; 5 - prokladkalar;
6 - tutib turuvchi (ko’taruvchi) to’sin
Dostları ilə paylaş: |