Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


II BOB. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI



Yüklə 1 Mb.
səhifə30/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

II BOB. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI
(Muallif – yuridik fanlar nomzodi, professor U.A Tuxtasheva)


Annotatsiya: Talabalar uchun mazkur mavzu o‘rganilishi jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va ularning mazmun mohiyatini aniqlab olishga; jinoyat protsessi prinsiplari tizimini ko‘rib chiqishga; jinoyat protsess prinsiplarini tasniflashga; jinoyat protsessi prinsiplari rivojlanishini tushunib olishga; jinoyat ishlarini yuritishda prinsiplar o‘rni va rolini aniqlab olishga imkon beradi.


2.1. Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va tizimi


Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi. Ma’no jihatidan prinsiplar – bu rahbariy g‘oyalar va tegishli faoliyatning asosiy qoidalaridir. “Prinsip” so‘zi lotincha “principium” so‘zidan kelib chiqib, uning ma'nosi “asos”, “asosiy omil” kabi tushunchalarni anglatadi. Huquq aslida hamma uchun majburiy bo‘lgan adolat talablarini belgilashi sababli, huquqiy prinsiplar huquqda adolatning o‘lchovi sifatida xizmat qiladi. Qonun huquq prinsiplariga javob bergan holdagina qonuniy, ya’ni huquqiy mazmunga ega bo‘lgan deb e’tirof etiladi. O‘z navbatida, prinsiplar oddiy yuridik g‘oyalar bo‘lmaganligi hamda adolat va lozimlikning hamma uchun majburiy va obyektiv jihatdan zarur bo‘lgan mezonlarini huquqda belgilashi ularning asosiy mazmunini tashkil etadi. Huquq va huquqiy ong rivojlangan sari huquqiy materiyadan muayyan yuridik g‘oyalar sifatida prinsiplar ajratiladi, yuridik texnika rivojlanishi bilan esa ular qonunda ayrim normativ-huquqiy ko‘rsatmalar sifatida mustahkamlanishi mumkin. Qonunda o‘z ifodasini topib, prinsiplar muayyan mustaqillikka erishadi va amaldagi qonunchilikning o‘zgarishi jarayonida barometr sifatida, huquqning keyingi shakllanishida esa kompas sifatida xizmat qiladi.
Barcha prinsiplar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular odil sudlov maqsadlariga erishish uchun teng muhim bo‘lgan huquqiy asoslarning yaxlit majmuini yaratadilar. Ularning har biri sud ishlarini yuritishning muayyan tomonini belgilaydi, ushbu tomon yo‘qligida sud ishlarini yuritishning vazifalarini to‘g‘ri amalga oshirishga imkon bo‘lmaydi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin