1970 dan boshlanib, 1990 yilga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oluvchi ikkinchi bosqich.
Siyosiy qatag‘onlarning mana shu ikki bosqichda qonunsiz va asossiz sudlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish siyosati tufayli 10 mingdan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlari oqlangan. Shunday qilib, jinoyat-protsessual qonunchiligi shaxslarni reabilitatsiya qilishning quyidagi uch holatini belgilaydi:
shaxsning sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan aybsiz deb topilishi;
Fuqarolik kodeksining 991-modadasida fuqaroga “qonunsiz hukm qilish”, “g‘ayriqonuniy tarzda jinoiy javobgarlikka tortish”, “qonunga zid ravishda qamoqqa olish yoki namunali xulq-atvorda bo‘lish kabi ehtiyot choralarini qo‘llash”, “noqonuniy tarzda qamoq bilan bog‘liq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash” oqibatida yetkazilgan ziyon davlat tomonidan to‘liq ravishda qoplanishi haqidagi qoidalar belgilangan.
Jinoyat-protsessual kodeksining 302-moddasida reabilitatsiya qilish holatlariga, shuningdek shaxsning ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilganligi yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilganligi holatlari ham e’tirof etilgan.
Fuqarolik kodeksining 991-moddasi ikkinchi qismida sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlarining boshqa noqonuniy harakatlari tufayli fuqaro va yuridik shaxsga yetkazilgan zarar umumiy tartibda undirilishi haqida ko‘rsatilgan. Ushbu qoida yuqorida ta’kidlangan holatlar mavjud bo‘lganda yetkazilgan ziyonni undirish haqida fuqarolik sudlov yurituvi tartibida fuqaro va yuridik shaxsga talab qilish huquqini beradi.