Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə94/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Dalillarni tekshirish – jinoyat ishi holatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun haqiqiy maʼlumotlarning ishonchliligini hamda ular olingan manbalarning sifatini sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona aniqlash bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning faoliyatidir.

Tekshiruv qo‘shimcha dalillarni to‘plashdan iborat bo‘lib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 94-moddasi). Dalillarni tekshirish qo‘shimcha so‘roq, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, ekspertiza tayinlash kabi tergov harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.


Dalillarni tekshirishning quyidagi belgilarini alohida ta’kidlash mumkin:

  • dalil to‘plash natijasida olingan ma’lumotlar turini aniqlash: shaxslar bergan xabarlar (shaxsiy) yoki ma’lumot manbasi narsa va buyumlar (ashyoviy);

  • olingan dalilni to‘plash usuli va uslubini aniqlash;

  • mazkur usul va uslublarni qo‘llash vaqti va joyi;

  • ularning maqbulligi shartlariga rioya qilinganligini aniqlash

  • isbotlash ishtirokchilarning shaxsiy manfaatlari doirasiga asossiz aralashishga va ularning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari;

  • isbot qilish ishtirokchilari doirasini belgilash.

Dalillarni tekshirish protsessning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Haqiqiy ma’lumotlar ham, ular olingan manbalar ham, har bir dalil alohida ham, shuningdek boshqa mavjud dalillar bilan birgalikda ham tekshirilishi lozim. Dalillarni tekshirishni protsessual qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar amalga oshiradi. Protsessning boshqa subyektlari dalillarni tekshirishda faqat ishtirok etadilar. Dalillar protsessual harakatlar yuritish yo‘li hamda mantiq yo‘li (dalillar mazmunini tahlil qilish, tekshirilayotgan dalilni ishdagi boshqa dalil bilan taqqoslash, yangi dalillar olish) bilan tekshiriladi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozim (Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi).


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin