Toshkent moliya instituti


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə27/87
tarix12.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#126824
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
Audit Oquv qollanma I qism Dosmuratov R Fayziyev Sh Qoziyev

Takrorlash uchun savollar:

    1. Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?

    2. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi?

    3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishni rad etish qaysi holatlarda ro’y berishi mumkin?

    4. Litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash qay holatlarda amalga oshiriladi?

    5. Auditning Axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?

    6. Auditorning qanday axloq (etikasi)lari mavjud?

    7. Vijdonlilik va ob’ektivlik deganda nimalar tushunasiz?

    8. Auditor kasbining professional kompetentliligi deganda nimalarni tushunasiz?

    9. Qanday ma’lumotlar maxfiy saqlanadi?

    10. Omma uchun axborotni taqdim etish taqdim etish tartibi qanday?

    11. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi nimalarda namoyon bo’ladi?

    12. Auditor ishlarining sifati qanday nazorat qilinadi?

    13. Dastlabki, joriy va keyingi nazorat deganda nimalar tushunasiz?

6-BOB: AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK TAVAKKALCHILIGI


REJA:
1 Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati.
2. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi
3. Muhimlik darajasini auditda qo’llash tartibi.
4. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar.
5. Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash.
6. Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro bog’liqligi.


1 Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkich-larining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’la-di. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk (tavakkalchilik xavf-xatarlari D. R.) bilan bog’liq va ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Muhimlik tushunchasi auditga oid manbaalar (ilmiy asarlar, o’quv adabiyotlari, standartlar va b.)da umumiy negizga asoslangan holda turlicha ta’riflangan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaeva ta’rifiga ko’ra, «Hisobotdagi foyda-lanuvchilarni qarorlar qabul qilishda chalg’itishi mumkin bo’lgan, oqibatda befoyda moliyaviy sarf-xarajatlar, nobudgarchilikka va zararlarga olib keladigan xato va tushirib qoldirishlar muhim, muhim (moddiy) hisoblanadi»(17. 107-b.). Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan:



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin