Toshkent moliya instituti


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə66/87
tarix12.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#126824
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
Audit Oquv qollanma I qism Dosmuratov R Fayziyev Sh Qoziyev

Takrorlash uchun savollar:

  1. Ekspert tushunchasi nima?

  2. Ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida qanday foydalanish mumkin?

  3. Ekspert xizmati bo’yicha pudrat shartnomasi qanday tuziladi?

  4. Ekspert xulosasi nimani anglatadi?

  5. Ekspert xulosasining kirish, tekshirish va xotima qismlarida nimalar aks ettiriladi?

  6. Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin?

  7. Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?

  8. Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi?

  9. Boshqa auditor taomillari qanday ma’noni anglatadi?

  10. Asosiy auditor javobiga qanday talablar qo’yiladi?

  11. Asosiy va boshqa auditorlarning qanday javobgarliklari bor?

11-BOB: AUDITORLIK TANLASH
REJA:
1. Auditorlik tanlash tushunchasi.
2.Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash.



  1. Auditorlik tanlash tushunchasi.

Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvoli-ning auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, agar auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim da-rajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish ho-sil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazi-shi lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-korxona moliyaviy hiso-botining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan to’plam elementlarining soni sta-tistik tanlash usullarini talab qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linma-lari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin.
Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin