Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi



Yüklə 32,04 Kb.
tarix13.12.2018
ölçüsü32,04 Kb.
#85780



Toshkent shahar

Yakkasaroy tumanidagi 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Yulduzxon Jabbarova

va 144-o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Umarova Mashrabxonlarning

matematika fanidan

Geometrik jismlar bilan tanishtirish.



Yassi shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash”

mavzusida yozgan

dars ishlanmasi



Mavzu: Geometrik jismlar bilan tanishtirish.

Yassi shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarni geometrik jisimlar bilan tanishtirish, sonlarni taqqoslashni o‘rgatish; TK3: xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida ob’yektlar umumiy hossalarini aniqlay olish; FK1: fazoviy (parallelepiped, kub, shar) figuralarni tasavvur qila olish, tanish va nomlay olish; real ob’yektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay olish; fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko‘rinishlari bilan bog‘lay olish.
Tarbiyaviy: mavzuni o‘tish davomida o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;TK3: o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan joylashuvini o‘rgatish, sezgirligini oshirish. TK1: matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish; FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Dars turi: yangi bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi:tushuntirish metodi, ”Qiziqarli kubiklar”, “Meni top” ta`limiy o`yinlari.
Darsning jihozi: misollar yozilgan 3ta kubik, ”Meni top” ta`limiy o`yini

uchun 6 ta konvertga solingan jismlar rasmi, parallelepiped, shar, silindr maketlari.



Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.

O‘quvchilar bilan salomlashish, ularning diqqatini darsga qaratish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlikni ta’minlash.


II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “Qiziqarli kubiklar” ta`limiy o`yini o`tkaziladi.

Qiziqarli kubiklar”.

3 ta o‘quvchi doska yoniga chiqib parta ustidagi ustiga misollar yozilb qo‘yilgan kubiklarni aylantiradi. O‘ziga qarab turgan tomondagi misolni yechib beradi. Bir minutda kim ko‘proq misolni to‘g‘ri yechsa shu o‘quvchi g‘olib bo`ladi.


Kubiklarda yozilgan misollar:


60:3


125•8


648-50


489+181


200:50


480:12


532-412


987+113


45•15


62•28


963-753


158+3


312+581


65•13

435:15

685-568

546+125

48•102

66•12


857-229

527+198

645:3

46•23

848-529

Misol ishlash tartibi o‘qituvchining ogohlantirishi bilan boshlanadi. Oldinga qarab turgan o‘quvchiga uzatiladi. Misollarning yeshilishi tekshirilib g‘olib qator aniqlanadi.


III. Yangi mavzuning bayoni.

145-topshiriq o‘quvchilar bilan og‘zaki bajariladi. Ular quyidagi yozuvlarni isbotlaydilar.

3 km > 980 m chunki, 1 km 1000 metr bo‘lsa, 3 km = 3000 m bo‘ladi.

3000 m > 980 m

60 dm > 550 sm chunki, 60 dm = 600 m, 600 m > 550 sm

146-masala doskada bajariladi. Masala sharti asosida qisqa suhbat o‘tkaziladi. Bug`doyni uetishtirish jarayoni, bug`doydan nimalar olinishi so`raladi.O`quvchilarni novvoylik, fermerlikka qiziqishlari so`raladi.Masalaga qisqa shart tuziladi.

Bug‘doy – 60 kg

Sholi - ?, bug‘doydan 3 marta kam

Makkajo‘xori - ?, bug‘doy va sholidan 2 marta ko‘p

Yechish: 1) 60 : 2 = 30 (kg)

2)60 + 30 = 90 (kg)

3)90 ∙ 2 = 180 (kg)

Javob: dalaga 180 kg makkajo‘xori ekildi.

Shundan so‘ng yangi mavzu ekranda tushuntiriladi.

Stol ustida piramida, shar, parallelepiped, kub, silindr, konus turadi. Bular geometrik jismlar ekanligi ko‘rsatib beriladi.

Ekranning yuqori qismida darslikda tasvirlanganiday doira, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, ixtiyoriy to‘rtburchak, beshburchak va oltiburchak tasvirlanadi. Bularning yassi shakllar ekanligi tushuntiriladi.

Har bir savol berilganda yassi shakllarni o‘ziga mos bo‘lgan geometrik jismlarga olib boriladi.

O‘quvchilar geometrik jismlarda yassi shakllarni topadilar. Ekran orqali berilagn savollarga javob beradilar. Geometrik jismlarda yassi shakllarni toping. Doirani qaysi geometrik jismda ko‘rdingiz? Kvadratni-chi? To‘g‘ri to‘rtburchakni-chi? uchburchakni-chi?




IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yangi mavzuni mustahkamlashda “Meni top” ta`limiy o`yinidan foydalaniladi.Bunda o`quvchilar 6 ta guruhga bo`linadi va har bir guruhga bittadan konvert va shar, kub, silindr, konus, piramida, paralelepiped kabi geometrik jismlardan bittasi beriladi. O`quvchilar qaysi geometrik jismni olgan bo`lsalar, shu jismga hayotiy to`g`ri keladigan jismni olib yelim yordamida yopishtirib chiqishlari lozim bo`ladi. Berilgan topshiriqni bajarib bo`lishgach, ekrandagi topshiriq orqali bajargan ishlari tahlil qilinadi.

Ekranda 24 ta katakli to‘g‘ri to‘rtburchak paydo bo‘ladi, har bir katakka quyidagi rasmlar joylashtiriladi: koptok, globus, archa o‘yinchog‘i, tarvuz, quyosh, uyning tom qismi, Misr ehromlari, Palatka, ko‘p qavatli uy, dori qutisi, kitob, shkaf, gugurt qutisi, kubik-rubik, qush qafasi, shoshqol toshi, termos, bokal, truba, piramida- o‘yinchog‘i, qalpoq, archa.

Ekranning pastki qismida piramida, shar, parallelepiped, kub, silindr, konus turadi.

Ta`limiy o`yindan so`ng ekrandagi trenajor mashq bajariladi. Bunda sichqoncha yordamida mos kelgan rasmlarga geometrik jismlar olib borilganda, to‘g‘ri moslashtirilsa rasm yo‘qoladi. O`quvchilar kuzatib tekshiradilar.

Mashq davomida uning qay holatda bajarilganligi tekshiriladi va guruhlar bajargan ishlariga ko`ra rag`batlantiriladi.Atrofga yulduzlar sochiladi va buyuk ajdodlarimizdan Mirzo Ulug‘bek haqida film namoyish etiladi.

Mirzo Ulug‘bek buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Sohibqiron Amir Temurning nabirasi, Temuriylar hukmdori Shohruxning o‘g‘li. Buyuk Temur nabirasi Ulug‘bekning tarbiyasiga alohida e’tabor bergan va davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand shahri yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, me’morlik, adabiyot, umuman ilm-fan yuksalgan, savdo taraqqiy etgan. Buxoroda, Samarqandda, G‘ijduvonda madrasalar va Mavrda xayriya muassasalari qurilgan.

Mirzo Ulug‘bek O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo faninig eng yuqori pog‘onasiga olib chiqdi. Uning qilgan eng buyuk ishi Samarqand ilmiy maktabinio‘sha davr akademiyasini barpo etganligi bo‘ldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib bordi. Ulug‘bek, shuningdek Samarqand yaqinida astronomik muassasa-rasadxona barpo qildi.

Mirzo Ulug‘bekning “Risolai Ulug‘bek” deb atalgan matematik asari ham mavjud bo‘lib, uning 1nusxasi Hindistondagi Aligarx universitetida saqlanadi. Risola hali o‘rganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir. Mirzo Ulug‘bekning fan tarixida so‘nmas iz qoldirgan ilmiy me’rosi uning “Ziji Ko‘ragoniy” asaridir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qo‘llanilgan matematik usullari bo‘yicha o‘rta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali bo‘lgani uchun avvalo u musulmon mamlakatlari olimlari diqqatini jalb qilgan. Film namoyishidan so`ng o`quvchilarni buyuk bobolarimizning davomchilari sifatida ilhomlantiriladi.


V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.

O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi va faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag`batlantiriladi.


VI. Uyga vazifa.

148- masala va 149-misollar uyga vazifa qilib beriladi va ularning sharti tushuntiriladi.




Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin