Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti kafedra: Oʻzbek tili va adabiyoti kurs ishi mavzu



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#140843
  1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek adabiyoti kurs ishi Jabborova Xurshida 3-V


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TURKIY TILLAR FAKULTETI
Kafedra: Oʻzbek tili va adabiyoti
KURS ISHI

Mavzu: Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik

Bajardi: Jabbarova Xurshida “Oʻzbek tili va adabiyoti” ta’lim yoʻnalishi 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Matyakupov Sadulla
Mavzu: Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik
MUNDARIJA:
I.Kirish………………………………………………………………………….3-4
II. Asosiy qism:
1-BOB.Yozuvchining oʻzbek romanchiligiga qoʻshgan hissasi………………..5-10
1.1-§ ”Tushda kechgan umrlar” romanida ijtimoiy voqelikning badiiy talqini…………………………………………………………………………..10-12
1.2-§ Romanda davr kishilari ruhiyati tasviri…………………………………12-17
2-BOB. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari………………………………………………………………….....17-18
2.1-§ Asar kompozitsiyasini birlashtiruvchi xususiyatlar………………………………………………...………………….18-25
2.2- § Yozuvchi ijodida oʻtmish, bugun va kelajak tasviri ……………...……26-27
III. Xulosa…………………………………………………………………….27-28
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………29

Kirish
Noyob iste'dod sohibi Oʻtkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muxtor, Shukur Holmirzayev singari bir qator tengdoshlari bilan birga adabiyotga kirib keldi. Oʻsha paytda adabiyotimizning Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulkan yozuvchilari hayot boʻlib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib etavermasdi.Oʻtkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san'atkor etiborini jalb qilgan yoshlardan edi. Roman qissa,hikoyalarida soʻz san'atining azaliy muammosi-inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi.Yozuvchining romanlari, hikoyalari koʻpdir. Oʻtkir Hoshimov oʻz ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. 1962 yilda uning "Poʻlat chavandozlar" ocherklar toʻplami bosilib chikdi. Shundan keyin uning birin-ketin hikoya, qissa va romanlari kitobxonlarning qoʻliga borib tegdi. Uning ilk qissasi "Choʻl havosi" (1964) adabiy jamoatchiliq tomonidan iliq qarshi olindi. Atoqli adib Abdulla Kahhor bu qissa haqida oʻsha paytda juda yaxshi fikr bildirgan. Oʻtkir Hoshimovning bu qissasiga yozgan oq yoʻlida u "Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq boʻladi", - deb bashorat qilgan edi. Shu asardan yozuvchining izlanish va mashqlar davri boshlandi. Adib ijodidagi ilk qadamlaridayoq inson ma’naviyati, ruhiyati, hissiyoti, qalb haqiqati tadqiqotchisi sifatida koʻringan edi. Roman, qissa, hikoyalarida soʻz san’atining azaliy bosh muammosi - inson takdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi. Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda koʻp oʻrinlarda personajlar ruhiyatidagi g‘oyat nafis jarayonlarni san’atkorona ifoda etardi. "Choʻl havosi", "Muhabbat", "Nigora", "Shamol esaveradi" nomli hikoya va qissalar shundan dalolatdir. Keyinroq u dolzarb, ijtimoiy muammolar talqiniga koʻproq moyillik bildirib, ayni zamonda bevosita ma’naviyat, ruhiyat tahliliga bag‘ishlangan asarlar ustida ish olib bordi. "Bahor qaytmaydi" (1970) qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug‘ maqsadlardan marhum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib berdi. Bundan adibning haqiqiy ijod yoʻliga kirganligini koʻramiz. Oʻtkir Hoshimov asardan-asarga oʻsib bordi. Unda nafosat tuyg‘usi behad kuchli. Hatto u aldangan odamning ma’naviy inqirozi, fojeasi, halokati tasvirida ham shu tuyg‘usini saqlab qoladi. Ayniksa, u yaxshi, oliyjanob, ma’naviy barkamol odamlar qalbi tahlilida oʻzini nixoyatda erkin his etadi. Uning ijobiy qahramonlari aksari goʻdakday beg‘ubor, nafosat tuyg‘usiga boy, hissiyotli, oʻta ta’sirchan odamlardir. Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik tarona uning "Dunyoning ishlari" qissasida eng baland pardalarda jarangladi. Bu asar ona haqidagi, ona qalbining cheksiz sahovati toʻg‘risidagi oʻziga xos qasidadir. Asardagi Ona - farzandi, uning oromi, baxti uchun jonini, jahonini berishga tayyor. U ming-minglab oʻzbek onalarining timsoliga aylandi. Har bir oʻzbek kitobxoni unda oʻz onasining qandaydir fazilatini topgandek boʻladi. Qissadagi "Alla", "Oq marmar, qora marmar" kabi novellalarda onaning farzandi qalbida qoldirgan armonlari haqida oʻtkir yozilgan. Kishi bularni oʻkir ekan, tasvirdan koʻngli allanechuk boʻlib ketadi. Oʻtkir Hoshimov 1941 yilning 5 avgustida Toshkent viloyatining Zangiota tumani Doʻmbirobod mavzeida tavallud topdi. Bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi Oʻtkir Hoshimovdir (1941 - 2013). U qariyb qirq yildan buyon oʻzining ajoyib publitsistik maqolalari, xikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qoʻshib keldi. Oʻtkir Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili «Oʻzbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan.1958 yilda oʻrta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika boʻlimining avval sirtqi, soʻngra kunduzgi boʻlimida oʻqib, 1964 yilda tugatadi. 1959-1960 yillarda «Temir yoʻlchi», 1960 yilda hozirgi «Oʻzbekiston ovozi», 1960-1982 yillarda «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi», 1982-1983 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1985-1995 yillarda «Sharq yulduzi» jurnaliga bosh muharrir va 1995 yildan 2004 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat koʻrsatib keldi. Keyinchalik «Teatr» jurnalida muharrirlik qildi. 1-BOB.Yozuvchining oʻzbek romanchiligiga qoʻshgan hissasi.
Oʻtkir Hoshimov oʻz ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. 1962 yilda uning "Poʻlat chavandozlar" ocherklar toʻplami bosilib chikdi. Shundan keyin uning birin-ketin hikoya, qissa va romanlari kitobxonlarning qoʻliga borib tegdi. Uning ilk qissasi "Choʻl havosi" (1964) adabiy jamoatchiliq tomonidan iliq qarshi olindi. Atoqli adib Abdulla Qahhor bu qissa haqida oʻsha paytda juda yaxshi fikr bildirgan. Oʻtkir Hoshimovning bu qissasiga yozgan oq yoʻlida u "Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq boʻladi", - deb bashorat qilgan edi. Shu asardan yozuvchining izlanish va mashqlar davri boshlandi. Adib ijodidagi ilk qadamlaridayoq inson ma’naviyati, ruhiyati, hissiyoti, qalb haqiqati tadqiqotchisi sifatida koʻringan edi. Roman, qissa, hikoyalarida soʻz san’atining azaliy bosh muammosi - inson takdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi. Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda koʻp oʻrinlarda personajlar ruhiyatidagi g‘oyat nafis jarayonlarni san’atkorona ifoda etardi. "Choʻl havosi", "Muhabbat", "Nigora", "Shamol esaveradi" nomli hikoya va qissalar shundan dalolatdir. Keyinroq u dolzarb, ijtimoiy muammolar talqiniga koʻproq moyillik bildirib, ayni zamonda bevosita ma’naviyat, ruhiyat tahliliga bag‘ishlangan asarlar ustida ish olib bordi. Yozuvchining shu yoʻnalishdagi "Qalbingga quloq sol" (1973), ayniqsa, "Bahor qaytmaydi" (1970), "Dunyoning ishlari" (1982) qissalari unga katta shuhrat keltirdi. "Bahor qaytmaydi" (1970) qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug‘ maqsadlardan marhum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib berdi. Bundan adibning haqiqiy ijod yoʻliga kirganligini koʻramiz. Oʻtkir Hoshimov asardan-asarga oʻsib bordi. Unda nafosat tuyg‘usi behad kuchli. Hatto u aldangan odamning ma’naviy inqirozi, fojeasi, halokati tasvirida ham shu tuyg‘usini saqlab qoladi. Ayniqsa, u yaxshi, oliyjanob, ma’naviy barkamol odamlar qalbi tahlilida oʻzini nixoyatda erkin his etadi. Uning ijobiy qahramonlari aksari goʻdakday beg‘ubor, nafosat tuyg‘usiga boy, hissiyotli, oʻta ta’sirchan odamlardir. Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik tarona uning "Dunyoning ishlari" qissasida eng baland pardalarda jarangladi. Bu asar ona haqidagi, ona qalbining cheksiz sahovati toʻg‘risidagi oʻziga xos qasidadir. Asardagi Ona - farzandi, uning oromi, baxti uchun jonini, jahonini berishga tayyor. U ming-minglab oʻzbek onalarining timsoliga aylandi. Har bir oʻzbek kitobxoni unda oʻz onasining qandaydir fazilatini topgandek boʻladi. Qissadagi "Alla", "Oq marmar, qora marmar" kabi novellalarda onaning farzandi qalbida qoldirgan armonlari haqida oʻtkir yozilgan. Kishi bularni oʻkir ekan, tasvirdan koʻngli allanechuk boʻlib ketadi. Oʻtkir Hoshimovning "Oq kamalak" toʻplami ham hayotiy muammolar, toʻg‘rirog‘i, turmush tashvishlari toʻg‘risida bahs yuritadi. Yozuvchining birinchi romani - "Nur borki, soya bor" 1977 yili nashr qilindi. Roman chiqishi hamono turli fikr-mulohazalarga sabab boʻldi. Asarda koʻpgina hayotiy, muhim ahamiyatga ega muammolar koʻtarilgan edi. Bular azaldan kishilik jamiyatining falsafasi boʻlmish "nur" va "soya"lar orasidagi kurash, tortishuv fonida yoritiladi. Asar oʻz davrida adabiy tanqidchiliq tomonidan iliq kutib olindi, unga munosib baho berildi, faqat romanga keskin toʻqnashuvlar va kolliziyalar etishmasligi qayd qilindi. Bundan tashqari, Oʻtkir Hoshimov Oʻrta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan "Toʻylar muborak", "Sizdan ugina, bizdan bugina", "Inson sadoqati", "Qatag‘on" kabi pesalarining muallifidir. Oʻtkir Hoshimov E.Heminguyey, K.Simonov, A.Kuprin, O.Berggols singari yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Ijodkor 80-yillar oʻzbek publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan adiblardan biridir. Uning odob-ahloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, shoʻro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va telekoʻrsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir. Muallifni endi kundalik dolzarb ijtimoiy masalalar emas, koʻproq azaliy ma’naviy muammolar, inson takdiri, uning qalbi jumboqlari qiziktiradi. Bu narsa "Ikki eshik orasi" romanida ayniqsa, ravshan koʻrindi. Bu bilan adib ijodiy yoʻlining etuklik bosqichi boshlandi. Yozuvchining "Ikki eshik orasi" romani ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Roman 1986 yilning eng yaxshi asarlaridan deb topilib, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgandi. "Ikki eshik orasi" romanida oʻz davrining muhim muammolari qalamga olindi, oʻsha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirildi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi og‘irliklarini yelkasida koʻtargan, unda mardona g‘olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining urush davridagi fidokorligi oʻzining badiiy ifodasini topgan. Roman qahramonlaridan biri Muzaffar - urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechirgan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan Yoshlarning timsoli tarzida beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan. Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik tarona uning "Dunyoning ishlari" qissasida eng baland pardalarda jarangladi. Bu asar ona haqidagi, ona qalbining cheksiz sahovati toʻg‘risidagi oʻziga xos qasidadir. Asardagi Ona - farzandi, uning oromi, baxti uchun jonini, jahonini berishga tayyor. U ming-minglab oʻzbek onalarining timsoliga aylandi. Har bir oʻzbek kitobxoni unda oʻz onasining qandaydir fazilatini topgandek boʻladi. Qissadagi "Alla", "Oq marmar, qora marmar" kabi novellalarda onaning farzandi qalbida qoldirgan armonlari haqida oʻtkir yozilgan. Kishi bularni oʻkir ekan, tasvirdan koʻngli allanechuk boʻlib ketadi. Oʻtkir Hoshimovning "Oq kamalak" toʻplami ham hayotiy muammolar, toʻg‘rirog‘i, turmush tashvishlari toʻg‘risida bahs yuritadi. Yozuvchining birinchi romani - "Nur borki, soya bor" 1977 yili nashr qilindi. Roman chiqishi hamono turli fikr-mulohazalarga sabab boʻldi. Asarda koʻpgina hayotiy, muhim ahamiyatga ega muammolar koʻtarilgan edi. Bular azaldan kishilik jamiyatining falsafasi boʻlmish "nur" va "soya"lar orasidagi kurash, tortishuv fonida yoritiladi. Asar oʻz davrida adabiy tanqidchiliq tomonidan iliq kutib olindi, unga munosib baho berildi, faqat romanga keskin toʻqnashuvlar va kolliziyalar etishmasligi qayd qilindi. Bundan tashqari, Oʻtkir Hoshimov Oʻrta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan "Toʻylar muborak", "Sizdan ugina, bizdan bugina", "Inson sadoqati", "Qatag‘on" kabi pesalarining muallifidir. Oʻtkir Hoshimov E.Heminguyey, K.Simonov, A.Kuprin, O.Berggols singari yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Ijodkor 80-yillar oʻzbek publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan adiblardan biridir. Uning odob-ahloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, shoʻro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va telekoʻrsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir. Muallifni endi kundalik dolzarb ijtimoiy masalalar emas, koʻproq azaliy ma’naviy muammolar, inson takdiri, uning qalbi jumboqlari kiziktiradi. Bu narsa "Ikki eshik orasi" romanida ravshan koʻrindi. Bu bilan adib ijodiy yoʻlining etuklik bosqichi boshlandi. Yozuvchining "Ikki eshik orasi" romani ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Roman 1986 yilning eng yaxshi asarlaridan deb topilib, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgandi. "Ikki eshik orasi" romanida oʻz davrining muhim muammolari qalamga olindi, oʻsha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirildi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi og‘irliklarini yelkasida koʻtargan, unda mardona g‘olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining urush davridagi fidokorligi oʻzining badiiy ifodasini topgan. Roman qahramonlaridan biri Muzaffar - urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechirgan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan Yoshlarning timsoli tarzida beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan. Xususan, u "Ikki eshik orasi" deganda inson umrini, ya’ni tug‘ilgandan oʻlgungacha bosib oʻtgan yoʻlni koʻzda tutadi. Muallifning g‘oyaviy falsafasiga koʻra bu yoʻl juda murakkab va ziddiyatli boʻlib, uni muvaffaqiyat bilan bosib oʻtishi uchun insondan katta matonat, iroda, bilim va jasorat talab qilinadi. Asardagi koʻpchiliq qahramonlar, xususan, Oqsoqol, Qora amma, Robiya, Shomurod, Kimsan huddi shunday jasoratli va ruhan boy kishilar boʻlib, koʻp jihatdan yozuvchining g‘oyaviy maqsadini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Muallif falsafasiga koʻra oʻz umrini sharaf bilan bosib oʻtmog‘i uchun insondan katta matonat va jasorat talab kilinishining sababi shundaki, u oʻz hayoti davomida og‘ir kurashlar girdobidan, yengib boʻlmas toʻsiqlardan oʻtishga majbur boʻladi. Yuqorida tilga olingan soʻnggi ikki asarida Oʻtkir Hoshimovning inson ma’naviy olamini, psixologiyasini teran tahlil qilish mahorati ancha oshganligi aniq-ravshan sezilib turadi. Bunda yozuvchi turli-tuman vositalar qatorida qahramonlarning dil izhorlaridan, ichki monologlaridan unumli foydalangan. Ichki monologlar qoʻllashda yuqoridagi asarlarda boshlangan usuldan yozuvchi "Tushda kechgan umrlar" romanida yanada ustalik bilan foydalandi. "Tushda kechgan umrlar" romanida voqealar kamrovi juda keng: 30-yillarning mash’um "qatag‘on" qilish manzaralari, 80-yillarda Afg‘oniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir boʻlgan "oʻzbek ishi" mojarolari. Bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda, ular orasiga "biriktirish nuqtasini" topishda muallif ichki monologdan unumli foydalanadi. Yozuvchi endilikda badiiy asar yaratishda publitsistika bajarishi lozim boʻlgan vazifani sekin-asta oʻz zimmasidan soqit kilmoqda. U kundalik dolzarb masalalar tahlilini publitsistikaga berib, e’tiborini oʻzining azaliy ishi - inson qalbi jumboqlari tadqiqiga astoydil qaratmoqda. Romandagi Rustam, Shahnoza kabi qahramonlar ruhiy olamining talqini huddi shunday xulosa chikarishga imkon beradi. Faqat roman kompozitsiyasining nomukammalligi uning adabiyotda juda katta hodisa darajasiga koʻtarilishiga halakit bergandek tuyuladi. Kompozitsiyadagi tarqoqlik, ayniqsa, Rossiyadan yuborilgan kishilar hayotiga, faoliyatiga bog‘liq voqealarning, tafsilotlarning asosiy syujet chiziqlariga uzviy bog‘lab yuborilmaganida yaqqol seziladi. Shunga qaramay, yozuvchining soʻnggi asarlari Oʻtkir Hoshimovning hozirgi oʻzbek nasridagi sermahsul ijodkorlardan biri darajasiga koʻtarilganligidan guvohlik beradi.

Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin