BOB BO‘YICHA XULOSA
2017-yil 7-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonning 4-bandida «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur Farmonning 1-bandi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan alohida band (4.5-band)da aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi.
Shuningdek jamiyatimizda ayollar faoligini oshirish ularning siyosiy elitasini ustahkamlash gendir tengligini taminlash maqsadida partiyalar qoshida “Ayollar qanoti” ijtimoiy guruhlarining tashkil etilganligi mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
XULOSA
Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari siyosiy partiyalarlar faoliyatini takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Mamlakatimizda mustaqillikdan so‘ng “Kuchli davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati” sari odimlar ekan, albatta bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlaridan biri bo‘lgan siyosiy partiyalar roli va ahamiyatini oshirish zaruratga aylanadi. Ana shu zaruratni anglagan holda so‘ngi yillarda mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g’oyasini ilgari surgan holatda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, siyosiy partiyalarga doir milliy qonuniligimiz takomillashtirilmoqda.
«Adolatli mezon bo‘lsa, to‘rt yilda qilgan islohotlarimiz… parlamentimiz qanday edi-yu, qanday bo‘ldi. Deputatlarni obro‘si qanday edi-yu, qanday bo‘ldi. O‘zlaringni fikrlaringni aytyapsizlar, o‘zlaringni yo‘nalishlaringni aytyapsizlar… Sizlar bilan uchrashishimdan maqsad — quyi pog‘onadagi Kengashlarning obro‘sini ko‘tarmasak, quyi pog‘onadagi Kengashlarda har bitta partiyaning ovozi bo‘lmasa, talab qilmasa, raqobat bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi», «Bugungi kunda siyosiy partiyalarning eng quyigacha, mahallagacha tushib halqning muammolarini o‘rganib, ularni hal qiladigan chinakam kuchga aylanganmi yo‘qmi»1
Qonunlar inson va uning manfaatlariga xizmat qilishi va jamiyatimiz hayoti kundan – kunga tezlik bilan o‘zgarib borishi barcha sohalardagi qonunlarni zamon makon qoidalariga mos ravishda takomillashib borishini talab qiladi. Respublikamizdagi siyosiy partiyalarning bugungi kundagi faoliyatini tahlil etib, ularga doir bir qator normalarni taxrir etish zaruratini tug‘diradi.
Siyosiy partiyalarning saylovlardagi, respublikamiz hayotidagi turli tadbirlardagi ishtirokini yanada kuchaytirishga doir takliflar.
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida saylovlarda siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komisiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatiga qo‘shimcha ravishda, deputatlikka nomzodlarning moddiy xolati, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish lozim.
Ikkinchidan, Respublikamizdagi mavjud siyosiy partiyalarning a’zolari soni qonunchilikda belgilangan miqdordan ancha yuqori darajaga etganligini inobatga olgan holda, siyosiy partiyalar partiya a’zolari bilan doimiy aloqani saqlashni va ularning siyosiy faolligini ko‘zlagan xolda o‘z ustavlariga “partiya a’zosining bir yil davomida boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan biror-bir partiyaviy tadbirlarga qatnashmasligi uning partiyadan chiqarilishiga asos bo‘ladi” shaklidagi qoidani kiritish lozim. Shunda partiyalar a’zolarining son jihatidan o‘sishiga emas balki sifat jihatidan o‘sishiga olib keladi.
Uchinchidan, siyosiy partiyalarning OAV dagi faoliyatini oshirish lozim. Bu ayniqsa internet tarmoqlaridagi saytlarini takomillashtirish, saylovoldi saytlar yaratish masalalarida ko‘proq mehnatni talab etadi.
To‘rtinchidan, Respublikamizdagi siyosiy partiyalarning moddiy imkoniyatlarini oshirilishi zamirida har bir partiya qoshida o‘z tarafdorlari muammolarini o‘rganib borishi va ushbu masalani umumdavlat manfaati yuzasidan hal etishni tahlil qilishi uchun sotsiologik tadqiqot markazlarini ochish lozim deb hisoblayman.
So‘nggi vaqtlarda Respublikamizda siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirish uchun qonunchiligimizga kiritilayotgan har bir o‘zgartirishlar, partiyalarning jamiyat hayotida muhim rol o‘ynashi va erkin faoliyat yuritishini ko‘zlab amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |